fbpx
Qo’ziqorin va sabzavotli salat

Qo’ziqorin va sabzavotli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ham salat ham gazak sifatida tayyorlasa bo’ladigan mazali yegulik retsepti.

Bu salatga solingan marinadlangan qo’ziqorinlar unga o’zgacha ta’m bag’ishlaydi, qolgan masalliqlar esa har kimning ro’zg’oridan topilishi shubhasizdir.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 19 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

300 gramm kartoshka
50 gramm qizil piyoz
180 gramm marinadlangan shampinyon
150 gramm bodring
30 gramm zaytun yoki o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Kartoshkani qaynatib pishiramiz. 1.5x1.5 sm kattalikda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni mayda to'g'rab, 2 daqiqaga qaynoq suvga ivitib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qo'ziqorinlarni o'rtasidan kesib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bodringni esa uzunasiga to'rtga bo'lib, so'ng to'g'rab chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Hammasini tog'orachaga solamiz. ustidan zaytun yog'ini quyib, aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Salatni idishlarga olamiz, ustidan murch sepamiz. Ta'bga qarab, tuz ham sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm kartoshka
50 gramm qizil piyoz
180 gramm marinadlangan shampinyon
150 gramm bodring
30 gramm zaytun yoki o'simlik yog'i
oldingi
Suli yormasidan tayyorlangan parhezbop pechenyelar
keyingi
Videoretsept: Olmali zefir

2 Sharhlar Hide Comments

Fikringiz