fbpx
Batafsil fotoretsept: Bozor xonim

Batafsil fotoretsept: Bozor xonim

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

  • Qaylasiga:

Yo’nalishlar

Agarda siz bozor xonimdan ta’tib ko’rgan bo’lsangiz, unda uning qanchalik mazali ekanligidan xabaringiz bor. Uyda, o’z qo’llaringiz bilan pishirilgan xonim esa hammasidan ham a’lodir. Ishonavering, bizning retseptda tayyorlang va bunga o’zingiz guvoh bo’ling! Batafsil fotoretseptlarda hammasini ko’rib oling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Xamiriga:
700 gramm un
230-250 millilitr iliq suv
1.5 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Asosiga:
1 kilo kartoshka
2-3 ta piyoz
1 choy qoshiq zira
ta'bga qarab tuz va murch
20 millilitr o'simlik yog'i
Qaylasiga:
2 ta pomidor
2 ta piyoz
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga qarab suv
Qadam 1
Tugllandi

Xamirni yuqorida qanday tayorlashni ko'rsatib o'tdik.

Xamir tingunicha asosini tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Kartoshkani yupqa somoncha shaklida, piyozni mayda to'rtburchak shaklda to'g'rang.

Hammasini katta idishga soling va ziravorlardan seping, o'simlik yog'i qo'shib, yaxshilab aralashtiring.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirni olib yoyamiz va to'rtburchak shaklda kesib chiqamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Kesilgan xamirchalarga asosni solib chiqamiz va chetini yopishtiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Mantiqosqonni olib yog' surtib chiqamiz va xonimlarni teramiz.

Xonimlarni ustini ham yog'lab, yana bir qavat ustidan xonimlarni qo'yib chiqsangiz ham bo'ladi. Xohlasangiz bir qavatdan qilib pishiring.

Mantiqosqonni gazga qo'yamiz va yarim soat davomida pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Qaylasini tayyorlaymiz:

Piyozni mayda to'g'rab yog' solingan tovada qovurib olamiz.

Blenderda pomidor, bulg'or qalampiri va sarimsoqpiyozni maydalab olamiz.

Piyoz ustidan avval pomidor pastasi, 2 daqiqadan so'ng esa pomidorli aralashmani solib, 10 daqiqa davomida qaynatamiz.

Tuz sepamiz, ta'bga qarab suv qo'shsangiz ham bo'ladi. Lekin biz qo'shmadik.

Qadam 7
Tugllandi

Pishgan xonimlarni yog'langan tog'orachaga terib chiqamiz: har bir qavat xonimning ustidan pomidorli qayla quyib chiqamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Tayyor xonimlarni ustini yopib, 30 daqiqaga chetga olib qo'yamiz. Bu vaqt mobaynida xonim qaylani o'ziga shimib oladi va yanada mazaliroq ta'mga kiradi.

Qadam 9
Tugllandi

So'n xonimlarni likopchaga solamiz va to'g'ralgan piyoz va ukrop bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • Serves 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Xamiriga:
700 gramm un
230-250 millilitr iliq suv
1.5 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Asosiga:
1 kilo kartoshka
2-3 ta piyoz
1 choy qoshiq zira
ta'bga qarab tuz va murch
20 millilitr o'simlik yog'i
Qaylasiga:
2 ta pomidor
2 ta piyoz
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga qarab suv
oldingi
Kartoshkali nokki (chuchvara)
keyingi
Yeryong’oqli pasta

Fikringiz