Aprel: 1-hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatini oldindan tuzib qo’yish biz o’zbeklarga uncha xos bo’lmagan odat, lekin shunday qilishga odatlansangiz anchagina ishingizni yengillashtirgan bo’lasiz. Bir haftalik taomnomalarni ko’rib chiqasiz va o’zingizga kerakli masalliqlarni aniqlab olasiz. Bu sizga bozor-o’char qilishda tengsiz yordamchi bo’la oladi. Shunday ekan, haftalik taomnoma ro’yxatiga ko’z yugurtiramiz.
Dushanba
Pomidor va ismaloq qo’shib tayyorlanilgan pasta va rukkola, rediska va pomidordan salat
Har kuni go’shtli taomlar tayyorlashdan charchadingizmi? Unda bugungi retseptimizga nazar tashlang. Go’shtsiz, ammo juda mazali taom! Sabzavotlardan tayyorlanilgan yengilgina salat bilan bu taom ayni muddaodir.
Seshanba
Moshxo’rdadan tayyorlanilgan quyuq sho’rva, ko’katli to’rtburchaklar (bichak)
SalSal restorani bosh oshpazidan original retsept bo’yicha yangicha taom tayyorlab ko’ring va taomnoma ro’yxatingizni boyiting. Ko’katli pishiriqlarimiz ham hozir ayni ko’klam vaqtida ayni muddaodir.
Chorshanba
Tovuqli kapkeyklar, Nisuaz salati
Bugun ozishni xohlovchilar yoki to’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qiluvchilar uchun ajoyib retseptni taqdim qilamiz. Bu taomni 2 yoshdan oshgan bolajonlaringizga ham tayyorlab bersangiz, ularning taomni qanday ishtaha bilan tanovvul qilganlariga guvoh bo’lasiz. Nisuz salati esa faqatgina original taom shinavandalari uchun! Salat tarkibidagi barcha masalliqlarni poytaxtimizning supermarketlaridan topishingiz mumkin.
Payshanba
Samarqandcha palov, tuxum va rediskali salat
Samarqandcha palovni xush ko’rmaydiganlar oramizda topilmasa kerak. Bunday oshdan tayyorlamaganlar orangizda bo’lsa, unda hozir ayni payti, chunki bugun payshanba, ko’pchilik osh pishiradigan kun. Palovning turli xillarini pishirib ko’ring va bahp bering.
Juma
Qaynatma sho’rva va qatlamali somsalar
Bizlarda hech qaysi hafta tobida qaynab pishgan qaynatma sho’rvalarsiz o’tmaydi, uyda pishirilgan somsalar bilan esa rohati jondir.
Shanba
Mol go’shtidan stir-fray taomi, tovuq va pishloqli salat
Bu taom Stir-fray bo’lib, bu usulda taom dimlanmasdan balki, yuqori olovda ketma-ket qovurib olinadi. Sabzavotlar bunda o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotishmaydi.
Yakshanba
Tuxumli bifshteks, Shokolad va yong’oqli o’rama pirog.
Pazandachilikda hech narsadan xabari yo’q, endi o’rganishni boshlayotganlar ham pishira oladigan oddiy va mazali retseptlarimizdan birini bugun sizlarga taklif qilamiz. Bu ovqatni yaxshiroq hazm qildirish uchun esa bizda maxsus salat ham bor. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.