Milly kafesidan retsept: Nisuaz salati

Milly kafesidan retsept: Nisuaz salati

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Milly kafesi bugun sizlarga yana bir ajoyib salat retseptini taqdim qiladi. Juda mazali va original bu salatning tarkibi balki ko’pchilikka biroz notanishroqdir.

Lekin ana shu masalliqlarning barini hozirda poytaxtimizdagi barcha supermarketlardan topish mumkin.

Masalliqlar:

90 gramm yangi tutilgan tunets balig'i
2 ta bedana tuxumi
80 gramm salat bargi
80 gramm to'q binafsha rangli salat bargi
40 gramm kutem ko'kati
10 gramm estragon ko'kati
50 gramm ko'k piyoz
40 gramm pomidor cherry
30 gramm xantal donachalari
ta'bga qarab zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab shakar
1 dona limon limonning to'rtdan bir qismi salatga siqib solinadi, qolganlarini salatni bezatishda ishlatamiz.
50 gramm batat sabzavoti
30 gramm shalot piyozi
30 gramm qizil piyoz
Qadam 1
Tugllandi

Bedana tuxumini qaynatib olamiz, tozalab, teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Batatni parrak qilib to'g'raymiz va qizib turgan yog'da qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Salat bargi va binafsharang salat barglarini katta-katta, ko'k piyoz, latuk, estragonlarni esa mayda to'g'rab olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Pomidorlarni teng ikkiga, qizil piyozni esa halqasimon qilib to'g'raymiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tunets balig'ini yupqa kesib grill tovasida qovurib olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Latuk, kutem, ko'k piyoz, pomidor, xantal donachalari, estragon va batatni bitta idishga solamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Alohida idishga zaytun moyi, tuz, shakar, murch, limon sharbatini solib aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugllandi

Ko'katlarni ustidan solib, yaxshilab aralashtiramiz. likopchaga tortamiz va qizil piyoz halqachalari, baliq bo'lakchalari, bedana tuxumlari bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

90 gramm yangi tutilgan tunets balig'i
2 ta bedana tuxumi
80 gramm salat bargi
80 gramm to'q binafsha rangli salat bargi
40 gramm kutem ko'kati
10 gramm estragon ko'kati
50 gramm ko'k piyoz
40 gramm pomidor cherry
30 gramm xantal donachalari
ta'bga qarab zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab shakar
1 dona limon limonning to'rtdan bir qismi salatga siqib solinadi, qolganlarini salatni bezatishda ishlatamiz.
50 gramm batat sabzavoti
30 gramm shalot piyozi
30 gramm qizil piyoz
oldingi
Tovuqli kapkeyklar
keyingi
Rukkola, rediska va pomidordan salat

Fikringiz