Mart: 2 hafta taomnomasi
Hafta taomnomali ro’yxatini tuzish ko’pgina muoammolarga yechim bo’la oladi: oila bir xillikdan qutuladi, uy bekasi tayyorlashdagi asabbuzarliklardan qutuladi qarabsizki butun oila a’zolari mamnun. Biz esa sizga tayyor hafta taomnomasini taqdim etamiz.
Dushanba
Asal-zanjabilli soyada pishirilgan tovuq qanotchalari. Tabule salati
Dushanba kuni sizlarga tayyorlashlariz uchun ajoyib ovqat mazali salatni taklif qilamiz.
Tovuq qanotchalari ham shirin ta’mni, ham achchiqlikni o’zida mujassamlagan qaylada ivib olguncha, tabule salatini tayyorlashga kirishamiz.
Seshanba
Kartoshkali graten va lavlagili salat
Agarda siz bundan oldin bu ovqatni allaqachon tayyorlab ko’rgan bo’lsangiz, unda bu oila a’zolaringizga yoqqan bo’lishi aniq. Agar hali ulgurmagan bo’lsangiz tezda bu xatoni tuzating.
Toblatma gaz pechida pishgunicha, qizil lavlagili salatni albatta uyda tayyorlangan mayonez bilan qilib ko’ring. Ortiqcha konservantlarga ne hojat.
Chorshanba
«Bolonyeze» spagettisi va shokoladli keks
Bu spagetti juda mazali bo’lib, tayyorlash jihatidan ham qiyinchilik tug’dirmaydi. Asosiysi, spagettini ko’p qaynatish mumkin emas.
Ovqatdan keyin choy yoki qahva bilan shokoladli keksdanda ortig’i yo’q.
Payshanba
Tovuq va qo’ziqorindan julyen taomi va Vitaminli salat
Julyen ko’rinishi ishtahaochar va og’zingizda erib ketuvchi ovqat bo’lib, vitaminli salatimiz bilan ayni muddao. Bu salatdagi sabzavotlarning shirin ta’ mi va foydasiga tahsin aytmaslikdan boshqa choramiz yo’q.
Juma
Qaymoqli qaylada pishirilgan qiymali koptokchalar. Shokoladli yoriq pechenyelar
Qiyma go’shtdan bunday ajoyib taom pishirish mumkin deb kim ham o’ylapti deysiz. Ishonmasangiz, pishirib ko’ring va bunga amin bo’lasiz.
Shokoladli toriq pechenyelar ko’rinishi ham, ta’mi ham ajoyib shirinlikdir.
Shanba
Gulkaramdan quyuq sho’rva va qizil baliqdan gazak (brusketta)
Siz hali bunday quyuq sho’rva tayyorlamagan bo’lsangiz, unda buning ayni payti. Mayin va yoqimli ta’m bilan to’yintirilgan bu sho’rva hammaga birdek yoqadi.
Qo’shimcha sifatida esa ishtahaochar bruskettalarimizni ham tayyorlashingiz mumkin.
Yakshanba
Qiyma kabob, «Smak» salati va Shokoladli salyami
Yakshanba hambbir bayram, chunki aynan shu kuni barcha oila a’zolari yig’ilishadi. Shunday ekan bu kun bizning retseptlarimizdan foydalansangiz hammani quvontirgan bo’lasiz.
Qiymali kaboblar to’yimli bo’lib, unga qo’shimcha sifatida har xil qaylalarimizdan foylananing. Yoqimli ishtaha!