Tovuq va qo’ziqorinli julyen taomi

Tovuq va qo’ziqorinli julyen taomi

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ishtahaochar julyenlar tayyorlashdagi barcha sirlardan sizlarni boxavar qilamiz. Xushbo’y, yumshoq va og’izda erib ketadigan bu ovqat barcha oila a’zolaringizga yoqishi aniq.

Tovuqli julyen taomi ayni sovuq qish mavsumida tayyorlanilsa, issiqqina uyda o’tirib mazali ovqat kutayotgan har bir oila a’zolaringizning ko’nglidan joy egallashi aniq.  Agar sizda bu ovqatni pishirishda ishlatiladigan maxsus idishcha (kokotnitsa)lar bo’lmasa, o’rniga issiqqa chidaydigan xohlagan idishcha, ko’zachalardan foydalanishingiz mumkin. Agarda ular ham qo’l ostingizda topilmasa, unda pishiriqlarga mo’ljallangan katta qolipda ham pishirib olishingiz mumkin. Bundan faqat ko’rinish jihati o’zgaradi xolos, ta’mi deyarli o’zgarmaydi.

 

Masalliqlar:

Adjust Servings:
300 gramm tovuq go'shti (lahm)
300 gramm shampinyon
1 bosh piyoz
200 gramm smetana
2 osh qoshiq un
100 gramm qattiq pishloq
ta'bga ko'ra tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Piyoz to'rtburchak shaklda to'g'raladi va o'simlik yog'i solingan tovada qovurib olinadi.

Qadam 2
Tugllandi

Tovuq go'shti uzunchoq somoncha shaklida to'g'raladi va piyozga qo'shib tayyor bo'lgunicha qovurib olinadi.

Qadam 3
Tugllandi

Tovuq go'shti pishgandan so'ng ustidan parrak qilib yoki uzunchoq kesilgan qo'ziqorin solinadi. 7-10 daqiqa davomida o'rtacha olovda qovurib olinadi.

Qadam 4
Tugllandi

So'ng ustidan un sepiladi, yaxshilab aralashtiriladi va ustidan smetana quyiladi.

Qadam 5
Tugllandi

Ta'bga qarab tuz va murch sepiladi va 2-3 daqiqaga dimlab qo'yiladi.

Qadam 6
Tugllandi

Hosil bo'lgan aralashma idishchalarga solib chiqiladi va ustidan qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq sepiladi.

Qadam 7
Tugllandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 15 daqiqaga qo'yiladi. Ovqatimiz tayyor!

Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'lishni unutmang.

  • 40 daqiqa
  • Serves 4
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
300 gramm tovuq go'shti (lahm)
300 gramm shampinyon
1 bosh piyoz
200 gramm smetana
2 osh qoshiq un
100 gramm qattiq pishloq
ta'bga ko'ra tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Qizil baliqdan gazak (brusketta)
keyingi
Cho’pchalarda terilgan «seld balig’idan shuba» gazagi

Fikringiz