Yanvar: 2-hafta taomnomalari
Assalomu aleykum aziz pazandalar! Sizlarga hafta taomnomalari ro’yxatini berishda davom etamiz. Taomnonama ro’yxatini oldindan tuzib qo’yish biz o’zbeklarga uncha xos bo’lmagan odat, lekin shunday qilishga odatlansangiz anchagina ishingizni yengillashtirgan bo’lasiz. Bir haftalik taomnomalarni ko’rib chiqasiz va o’zingizga kerakli masalliqlarni aniqlab olasiz. Bu sizga bozor-o’char qilishda tengsiz yordamchi bo’la oladi. Shunday ekan, haftalik taomnoma ro’yxatiga ko’z yugurtiramiz.
Dushanba
Bulg’or qalampiridan tayyorlangan tovuqli kotletlar va qadimiy usulda pishirilgan kartoshka.
Bunday usulda pishirilgan kotletlar juda mayin chiqadi. Ularni ajoyib kartoshkalar bilan dasturxonga tortsangiz oila a’zolaringizni lol qoldirishingiz aniq.
Seshanba
«Alfredo» qaylali pasta va “Mujskoy kapriz” salati
Italyancha taomlarni yoqtiruvchilar albatta bizning taomlarni tayyorlab ko’ring, chunki aynan shu taom gollivud yulduzlarining sevimli taomi hisoblanar ekan. “Mujskoy kapriz” salatini bizning usulda tayyorlasangiz – afsuslanmaysiz!
Chorshanba
Qaynatma sho’rva va qatlamali xamirdan pishirilgan somsalar. “Zebra” keksi.
Milliy oshxonamizni bunday shohona bu taomlarsiz aslo tasavvur qilib bo’lmaydi. Shirinlikka esa mazali “Zebra” pirogini pishirib ko’ring. Sizga yengillashtirish maqsadida biz uni videotasvirga tushirdik.
Payshanba
Kartoshkali toblatma (graten) va Tabule salati. Shokoladli yoriq pechenyelar.
Bugun bizlar bilan kartoshkali toblatma pishiring va salat sifatida esa yangicha Tabule salatini pishirib ko’ring. Bu salat o’zgacha ta’mi bilan sizni hayron qoldiradi. Bulgur bor ekan tarkibida deb xavotir olmang, hozirda bu don mahsulotini barcha savdo shaxobchalaridan topishingiz mumkin. Yangicha taom ham har zamon tayyorlab ko’rish ham kerak. Ovqatdan so’ng issiq choy bilan yeyish uchun shokoladli yoriq pechenyelar pishirib ko’ring.
Juma
Tovuq va qo’ziqorinli julyen taomi va “Smak” salati. Oq shokoladdan qilingan blondi keksi.
Ishtahaochar julyenlar tayyorlashdagi barcha sirlardan sizlarni boxavar qilamiz. Xushbo’y, yumshoqqina va og’izda erib ketadigan bu ovqat barcha oila a’zolaringizga yoqishi aniq. Smak salati esa deyarli hammaga tanish va sevimli bo’lishga ulgurgan. Agar hali bunday salat tayyorlamagan bo’lsangiz, tezda bu xatoyingizni tuzating.
Shanba
Qiyma kabob va Shokoladli salyami.
Qiymali kaboblar to’yimli bo’lib, unga qo’shimcha sifatida har xil qaylalarimizdan foydlaning. Masalan yogurtli yoki guakamole qaylasidan. Shokoladli salyami bilan esa bolajonlaringizni xursand qiling.
Yakshanba
Qovurilgan jo’ja, tuxum va rediskali salat. Shokolad va yong’oqli o’rama pirog.
Yakshanba kuyni biz o’zbeklar tansiq taom yeyishga odatlanganmiz. Kelinglar, bugun ham shu odatga sodiq qolgan holda xuddi kafelarda pishirilgandek mazali qovurilgan jo’ja tayyorlaymiz. Bu ovqatni yaxshiroq hazm qildirish uchun esa bizda maxsus salat ham bor. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.