fbpx
Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: qovurilgan jo’ja

Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: qovurilgan jo’ja

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Biz sevimli va mazali bo’lgan qovurilgan jo’jalarni kafelarda tanovul qilishga o’rganib qolganmiz, ammo ularni uy sharoitida tayyorlash unchalik qiyin emas. Bu qanday tayyorlanilishini esa, “Xiva” restoroni bosh oshpazidan bilib olamiz.

Aytgancha, bu taom nomi gruzincha so’z – tapaka dan olingan bo’lib, “maxsus tova” degan ma’noni bildiradi. Bunday tova qopqog’i burama, og’ir bo’lib, tovuq shu qopqoq ostida ezilib, dimlanadi.

Masalliqlar:

1 ta butun jo'ja
1 choy qoshiq yanchilgan kashnich
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0.5 choy qoshiq yanchilgan achchiq qalampir
ta'bga qarab tuz
100 gramm sariyog' qovurish uchun
Qadam 1
Tugllandi

Jo'ja yuvib quritiladi.
Teng yarmidan ikkiga bo'linadi va oshxona bolg'achasi yordamida tekis holatga kirguncha biroz uriladi.

Qadam 2
Tugllandi

Barcha ziravorlar aralashtiriladi va jo'jani hamma joyiga surtib chiqiladi.
40 daqiqaga marinadlab qo'yiladi.

Qadam 3
Tugllandi

Tovaga yog' solib, qizdiriladi va jo'ja solinadi. Tova qopqog'i usti yopilib, ustiga biron bir og'irroq narsa qo'yiladi.
Og'ir narsa sifatida tova ustiga likop, ustidan esa suv to'ldirilgan biron bir idish yoki bonka qo'yilsa ham bo'ladi.

Qadam 4
Tugllandi

Jo'ja ikki tomonidan past olovda 15 daqiqadan pishirib olinadi.

Qadam 5
Tugllandi

Tayyor bo'lishiga 5-10 daqiqa qolganda ustidagi press olinadi va 50 millilitr suv quyilib biroz dimlab qo'yiladi.

Qadam 6
Tugllandi

Tayyor ovqat issiqligida pomidor qaylasi bilan dasturxonga tortiladi.
Qayla: pomidor sharbati, yashil kinza, sarimsoqpiyoz, tuz va achchiq qalampir.

Hyatt Regency mehmonxonasi xodimlariga suratga olish va yuqoridagi ma'lumotlarni tayyorlash jarayonlarida ko’maklashganlari uchun alohida tashakkur bildiramiz!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 ta butun jo'ja
1 choy qoshiq yanchilgan kashnich
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0.5 choy qoshiq yanchilgan achchiq qalampir
ta'bga qarab tuz
100 gramm sariyog' qovurish uchun
oldingi
Videoretsept: Yong’oq qo’shilgan shokoladli keks
keyingi
Videoretsept: dolchin qo’shib pishirilgan bulochkalar

Fikringiz