Avgust: 4-hafta taomnomasi
Kechi ovqatda mazali taomlar tayyorlab yaqinlaringizni xursand qilishni istaysizmi? Unda albatta bu hafta taomnomamizni oxirigacha o’qib chiqing.
Chunki bu yerda tavsiya qilinadigan taomlar mavsumga mos, hamyonbop va juda mazalidir.
Dushanba
Pishloqli xachapuri, suzma va bodrinli salat
Xachapuri bu Gruziyaning butun dunyoga tanilgan yeguliklaridan biri hisoblanadi. Bu mazali yegulikni tayyorlash juda ham oson.
Seshanba
Qovurilgan tovuq qanotchalari, qizil boshli karam va rukkoladan salat
Bu taom uchun tovuq qanotchalarini bir kun oldin marinadlab qo’ysangiz, uni pishirib olishga 15-20 daqiqa vaqtingiz ketadi. Juda tez va mazali taom tayyor!
Сhorshanba
Kuk-si, kapreze salati va rayhonli limonad
Kuksi koreys oshxonasiga mansub yaxna taom bo’lib, issiq kunlarda rohati jon bo’ladi desak hech ham adashmagan bo’lamiz.
Payshanba
Go’ja, vitaminli salat, olchali va makli pirog
Yozbop, yaxna taomlardan eng sevib iste’mol qiladiganimiz bu albatta go’jadir. Oldindan go’jaga makkajo’xorini ivitib qo’ysangiz, so’ng uning pishishi ancha tezroq kechadi.
Juma
Qovoqcha va tovuq go’shtidan kotletlar, rimcha salat,
Tovuqning to’shidan yumshoq va mazali taom tayyorlashni istaysizmi? Unga qovoqchadan ham solamiz, buning natijasida juda mayin ta’mga ega kotletlar tayyor bo’ladi.
Shanba
Qiymali ratatuy
Hozir sabzavotlardan to’yib oziqlanishning ayni fursati bo’lib, bugun ulardan fransuz oshxonasiga mansub taom bo’lmish, ratatuy tayyorlaymiz.
Yakshanba
O’rama xonim, tovuq va qovoqchadan salat
Yupqa xamir va ichi to’la asosli o’rama xonimlardan yakshanba kuni tayyorlang va butun oila a’zolaringizni mamnun eting!
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!