Pishloqli xachapuri

Pishloqli xachapuri

Masalliqlar:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Xachapuri bu Gruziyaning butun dunyoga tanilgan yeguliklaridan biri hisoblanadi. Bu mazali yegulikni tayyorlash juda ham oson.

Pishloq solib pishiriladigan bu xachapurini tovada tezda tayyorlab olamiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
125 gramm kefir
125 gramm smetana
300 gramm un
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 osh qoshiq shakar
100 gramm eritilgan sariyog'
Asosiga:
350 gramm qattiq pishloq
2 osh qoshiq smetana
2 osh qoshiq yumshatilgan sariyog'
Qadam 1
Tugllandi

Kefir va smetanani aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Ichiga shakar, tuz va iste'mol sodasini solamiz. Aralashtirib olamiz. Soda va kefir reaksiyaga kirishib, ko'pikli aralashma hosil bo'ladi.

Qadam 3
Tugllandi

Ichiga eritilgan sariyog'ni solib aralashtirmiz.

Qadam 4
Tugllandi

So'ng ustidan oz-oz unni solamiz va yumshoq, lekin qo'lga yopishmaydigan xamir qoramiz. Xamirni ustini yopib, chetga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz. Ichiga yumshagan sariyog' va smetanani solib aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Xamirni biroz tingandan so'ng olamiz va teng 4 ta qismga bo'lamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Har bir xamir bo'lagini 5 mm qalinlikda, aylana shaklda yoyib olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Pishloqli aralashmani ham teng 4 ga bo'lib, yoyilgan xamirlarning o'rtasiga qoshiqda qo'yib chiqamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Xamirlarni chetlarini tepaga qilib birlashtiramiz va ortiqcha xamirni uzib tashlaymiz. So'ng shu xamirni 1 sm qalinda xuddi patirchalardek yoyib olamiz.

Qadam 10
Tugllandi

Qizdirilgan quruq tovaga solib, olovni pasaytramiz va qopqog'ini yopib, ikkala tomoni qizargunicha pishirib olamiz. Pishgandan so'ng ta'bga qarab ustiga sariyog' surtish mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • Serves 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
125 gramm kefir
125 gramm smetana
300 gramm un
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 osh qoshiq shakar
100 gramm eritilgan sariyog'
Asosiga:
350 gramm qattiq pishloq
2 osh qoshiq smetana
2 osh qoshiq yumshatilgan sariyog'
oldingi
Videoretsept: Tvorog va malinali shtrudel
keyingi
Granola batonchalari

Fikringiz