Tog’oraga tayyorlasa bo’ladigan yeguliklar jamlanmasi
Biz o’zbeklarda yig’inlar-u to’ylar ko’p. Ana shunday yaxshi kunlarimizda bizga hamroh bo’luvchi dastyorimiz bu albatta tog’oramiz va unga solinadigan bir-biridan mazali yeguliklardir.
Bugun Zira ana shunday tog’oraga solinadigan mazali yeguliklar retseptini siz azizlarga taqdim etadi va siz ulardan osongina xohlagan taomingizni tayyorlay olasiz.
Qovurilgan chuchvara
Qovurilgan chuchvara eng mazali milliy taomlarimizdan biri bo’lib, juda tog’orabop taomdir. Chunki bir oshzuvaladan anchagina chuchvaralar tuish mumkin.
Do’lma
Do’lma – bu ko’pchiligimizning sevimli taomlarimizdan biri bo’lib, uni tayyorlash biroz mushkul, ammo natijasi hammaga birdek yoqishi aniq.
«Kartoshka» pishirig’i
Bu pishiriqlarni tayyorlash juda ham oson, kerakli masalliqlar esa deyarli har bir ro’zg’ordan topiladi.
Tvorogli somsalar
Yozning jazirama kunlarida ba’zan ishtaha umuman yo’qoladi. Shunday paytda ko’pchilikka sevimli bo’lgan yaxna sho’rva as qotadi. Ana shunday yaxna sho’rvalardan biri bu – okroshka.
Qatlamali somsa
Hozirda do’kon-u bozorlarda barcha yarim mahsulotlargacha tayyor bo’lib, ularni uyda tayyorlashingizga hech hojat qolmagan. Lekin uyda, o’z qo’llaringiz bilan pishirilgan taomga hech narsa teng kelmaydi.
Lavashdan tayyorlanilgan pishiriqlar
Agarda pishir-kuydirga unchalik ko’p vaqtingiz bo’lmasa, unda tayyor lavashdan xarid qiling va quyidagi ajoyib pishiriqdan tayyorlang.
Turkcha paxlava
Turkcha paxlavani ko’pchilik uyda tayyorlashning iloji yo’q deb hisoblaydi. Lekin aslida bunday emas. Endilikda batafsil fotoretseptlarimizga asoslanib, siz ham undan tayyorlay olasiz.
Turkcha somsa
Bizning sahifada turkcha somsalarning ikki xili mavjud bo’lib, ta’bingizga yoqqanini tayyorlab oling.
Paxlava
O’zimizning mazali paxlavani tayyorlash juda oson. Bunda siz videoretseptimizni tomosha qiling va bir pastda undan o’zingiz ham pishiring.
Bozor xonim
Bozor xonim juda oddiy taom, lekin uni xush ko’ruvchilar juda ham ko’p. Uning qanday tayyorlanilishini esa bu yerda bilib oling.
Manti
Manti bu xamirli taomlarning ichida eng mazali va to’yimlisi desak adashmagan bo’lamiz. Chunki yupqa xamirda juda sersuv bo’lib pishadigan go’sht bo’lakchalari hammaga birdek yoqadi.
Tvorogli bananchalar
Tvorogdan tayyorlaniladigan bananchasimon pishiriqlar tishlaganda og’izda erib ketadi. Dasturxonga ham ko’rk beradi.
Maffinlar
Maffinlar mazali va tez tayyorlaniladigan pishiriq bo’lib, tog’orangizni ham to’ldirib turadi.
Zira loyihasi xodimlari tanlagan retseptlar sizga asqotsa, bundan juda mamnun bo’lamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
5 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
barcha retseplaringizga gap yôq. bundanda yaxshi va yangicha retseplarni kutib qolamiz.
Assalomu aleykum, Komola! Iliq izohingiz uchun tashakkur:)
Bayram muborak Zira jamoasi!? kecha tovuqli kapreze taomini tayyorladim! Albatta, sizning retsepingiz bo’yicha. Mazasiga gap yo’q. Ajoyib retseptlar uchun rahmat!?
Rahmat, o’zingizga ham muborak bo’lsin!
Men ushbu taomlardan tayyorlab ko’rdim. Judayam mazali chiqdi. Ushbu retseptlar aynan biz qizlar uchun maktab desam bo’ladi. Ushbu sahifani tuzgan barchaga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.