Videoretsept: Paxlava

Videoretsept: Paxlava

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

  • Ustiga:

Yo’nalishlar

Ko’pchiligimizning sevimli shirinligimiz sanalmish paxlava pishirig’ini tayyorlash siz o’ylaganchalik qiyin ish emas. Faqatgina bizning ko’rsatmalarga amal qilsangiz bo’lgani.

Paxlavani hamma turlicha tayyorlaydi. Bizlar bugun sizlarga o’zimizning ishonchli va sevimli bo’lishga aylangan retseptimiz asosida pishirib ko’rsatamiz.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Xamiriga:
700 gramm un
200 gramm margarin yoki sariyog'
200 millilitr smetana
1 choy qoshiq qabartma
0.5 choy qoshiq vanil shakari
3 dona tuxum sarig'i
Asosiga:
4 ta tuxum oqi
2 stakan yong'oq
1 stakan mayiz
150 gramm shakar
Ustiga:
2 osh qoshiq asal
2 osh qoshiq sariyog'
bir hovuch yong'oq
1 ta tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugllandi

Margarin yoki sariyog'ni qirg'ichdan o'tkazamiz va un bilan aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Ustidan qabatma, vanil shakari, tuxum sarig'i va smetanani solamiz va o'rtacha yumshoqlikda xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirni ustini yopib, yarim soatga tindirib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Bu vaqt mobaynida asosni tayyorlab olamiz.

Tuxum oqini yaxshilab ko'pirtiramiz va shakar solib yana ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Yong'oqni o'qlov yoki blenderda maydalaymiz.

Qadam 6
Tugllandi

Mayizni oldindan 15 daqiqa qaynoq suvga botirib qo'yamiz. So'ng qog'oz sochiqda quritamiz va ko'pirtirilgan tuxum oqiga qo'shamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Yong'oqni ham tuxumga solamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Xamirni uch qismga bo'lamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Birinchi bo'lagini olamiz va gaz pechi patnisiga moslab yoyib chiqamiz, qalinligi taxminan 0.3-0.4 mm atrofida bo'ladi.

Qadam 10
Tugllandi

Yoygan xamirimizni pergament qog'oz to'shalgan patnisga qo'yib, 180 C darajada taxminan 15 daqiqa pishirib olamiz.

Qadam 11
Tugllandi

Qolgan ikkinchi xamirni ham yoyib, pergament qog'oz to'shalgan patnis ustiga teramiz.

Ustidan yoygan xamirimizni qo'yamiz.

Qadam 12
Tugllandi

Xamirni ustiga tuxumli aralashmamizni teng yarmini bir tekis surtib chiqamiz.

Qadam 13
Tugllandi

Ustidan pishirib olgan xamirimizni sovutib, qo'yamiz.

Ko'pirtirilgan tuxumni qolganini ham ustidan surtib chiqamiz.

Qadam 14
Tugllandi

Xamirimizning uchinchi bo'lagini ham yoyib, pishirig'imizni ustiga qo'yamiz.

Qadam 15
Tugllandi

Pichoq bilan pishirig'imiz ustini xohlagandek kesib chiqamiz. Biz ularni to'rtburchak shaklda kesdik.

Kesishda xamirni oxirigacha emas, balki ikkinchi qavat xamirgacha kesamiz.

Qadam 16
Tugllandi

Ustiga tuxum sarig'ini surtib chiqamiz va yong'oqlar bilan bezaymiz.

Qadam 17
Tugllandi

Gaz pechini 180 C darajada qizdiramiz va 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 18
Tugllandi

Sariyog' bilan asalni eritib olamiz. Biz bunda mikroto'lqinli pechdan foydalandik. Gaz plitasida eritsa ham bo'ladi.

Qadam 19
Tugllandi

Paxlavani olib ustiga eritilgan asal va sariyog'ni quyib chiqamiz va yana 5-10 daqiqa pishirib olamiz.

Shirinligimiz tayyor!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • Serves 10
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Xamiriga:
700 gramm un
200 gramm margarin yoki sariyog'
200 millilitr smetana
1 choy qoshiq qabartma
0.5 choy qoshiq vanil shakari
3 dona tuxum sarig'i
Asosiga:
4 ta tuxum oqi
2 stakan yong'oq
1 stakan mayiz
150 gramm shakar
Ustiga:
2 osh qoshiq asal
2 osh qoshiq sariyog'
bir hovuch yong'oq
1 ta tuxum sarig'i
oldingi
Mikroto’lqinli pechda mazali tovuq pishirish
keyingi
Batafsil fotoretsept: Turkcha somsa

Fikringiz