Aprel: 4-hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatini oldindan tuzib qo’ying va anchagina vaqtingizni tejang.
Dushanba
Qiymadan tayyorlangan «qush uyasi» taomi, Pekin karami va tovuq filesidan tayyorlangan salat
Bunday ko’rinishdagi yegulik katta-yu kichikka birdek manzur bo’lishi aniq. Pekin karami va tovuq solib tayyorlangan salat – tez va oson tayyorlaniladigan salat bo’lib, asosiysi qomatingiz uchun umuman zararsiz hamdir.
Seshanba
Fransuzcha piyozli sho’rva, Yalpizli aralashma qo’shib tayyorlangan salat
Fransuz taomlari bejizga dunyo bo’yicha sevib tanovvul qilinmaydi. Chunki hatto piyozdan qilingan taom ham juda tansiq ta’mda chiqadi. Ishonmasangiz, pishirib ko’ring! Rediska va bodringning o’zidan juda ham mazali salat tayyorlash mumkin, bunda sabzavotlarga yalpizli aralashmadan quyishning o’zi kifoya.
Chorshanba
Sabzavotli tovuq sho’rva
va pentuza salati
Sovuq qishda, issiqina ovqatlar, ayniqsa sho’rvalar kimga ham yoqmaydi deysiz. Bizning bugungi tovuqli sho’rva ham juda mazali, to’yimli, shu bilan birga vitaminlarga boy ovqat hisoblanadi. Pentuza salati bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biridir. Bu salatni bizning usulda tayyorlasangiz, haqiqiy koreyscha pentuzadan umuman farq qilmasligiga guvoh bo’lasiz.
Payshanba
Qo’ziqorin va pishloq qo’shilgan tovuqli taom, tuxum va rediskali salat
Tovuqli taomlarni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib retsept! Qo’ziqorin va pishloq qo’shib pishiriladigan mazali tovuqli taom. Bunday ajoyib uyg’unlikdagi taom, har bir oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Juma
Xamir xasip, Rukkola ko’katidan mazali salat
Xamir xasip juda to’yimli va mazali milliy taomlarimizdan biri bo’lib, u o’zining ajoyib ko’rinishi bilan har bir dasturxonga ko’rk beradi.
Shanba
Mol go’shtidan stir-fray taomi, Kesadiliya salati
Bu taom Stir-fray bo’lib, bu usulda taom dimlanmasdan balki, yuqori olovda ketma-ket qovurib olinadi. Sabzavotlar bunda o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotishmaydi.
Yakshanba
Inglizcha «Fish and chips» yeguligi, Osiyocha uslubda tayyorlangan salat, Ispancha «churros» shirinligi
«Fish-and-chips» ingizlarning eng sevimli va mashhur yeguliklaridan biri bo’lib, yakshanba kuni xuddi shunday taomdan tayyorlab, o’zingizni Angliyadagidek his qiling. Juda mazali, bir vaqtning o’zida ham yengil, ham to’yimli bo’lmish bu salat Osiyo oshxonasiga mansub bo’lib, bemalol kechki ovqat o’rnini bosa oladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.