Rukkola ko’katidan mazali salat

Rukkola ko’katidan mazali salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Rukkola va “Aysberg” salat bargi, pomidor va bodringdan tayyorlaniladigan bu salat qish faslida organizmni kerakli vitaminlar bilan oziqlantiradi. Limon sharbati va zaytun yog’ining solinishi esa uni yanada lazzatli chiqishini ta’minlaydi.

Bu salat go’sht va baliqdan tayyorlangan taomlar bilan yaxshi ketadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

3 bog' rukkola ko'kati
1 bosh Aysberg salat bargi
2 ta bodring
200 gramm pomidor cherry
1 dona qizil bulg'or qalampiri
3-4 osh qoshiq zaytun moyi
yarimta limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Rukkolani sovuq suvda yaxshilab yuvib olamiz, qog'oz sochiqda biroz quritib, chuqurroq idishga solamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Aysberg salat bargini ham yuvib, bo'laklarga bo'lamiz va idishga solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Bodring va bulg'or qalampirini to'rtburchak shaklda to'g'raymiz, pomidorchalarni ikkiga bo'lamiz va hammasini idishga solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tuz va murch sepamiz, limon sharbatidan quyib, aralashtiramiz. Tortishdan oldin ustidan zaytun yog'i quyamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 bog' rukkola ko'kati
1 bosh Aysberg salat bargi
2 ta bodring
200 gramm pomidor cherry
1 dona qizil bulg'or qalampiri
3-4 osh qoshiq zaytun moyi
yarimta limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Kefir solib pishirilgan mayizli “mannik”
keyingi
Pishirilmaydigan olma-bananli chizkeyk

Fikringiz