Pekin karami va makkajo’xoridan tayyorlangan salat

Pekin karami va makkajo’xoridan tayyorlangan salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sabzavotlardan tayyorlangan bu salat nafaqat foydali, balki juda yengil va lazzatli ta’mda chiqadi.

Bunday salat har qanday go’shtli va qovurilgan taomlar bilan yaxshi kelishadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 13 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

 

Masalliqlar:

150 gramm pekin karami
1 banka makkajo'xori
100 gramm qizil sabzi
1 bog' shivit
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 osh qoshiq limon sharbati
0.5 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Karamni yupqa somoncha shaklida to'g'rab olamiz. Tuz sepib, qo'lda yaxshilab ishqalab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Sabzini qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Makkajo'xori suvini to'kib, shivitni mayda qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Barcha masalliqlarni bitta idishga solamiz, limon sharbati, sarimsoqpiyoz va o'simlik yog'ini quyib, aralashtirib olamiz.

Tayyor salatni dasturxonga tortamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

150 gramm pekin karami
1 banka makkajo'xori
100 gramm qizil sabzi
1 bog' shivit
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 osh qoshiq limon sharbati
0.5 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
oldingi
Asal va yong’oqli pirog (kovrijka)
keyingi
Qo’ziqorinli qaylada pishirilgan kotletlar

Fikringiz