Qiymadan tayyorlangan «qush uyasi» taomi

Qiymadan tayyorlangan «qush uyasi» taomi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga ajoyib taom retsepti, ya’ni qiymadan tayyorlangan «Qush uyalari»ni e’tiboringizga havola etamiz. Bunday ko’rinishdagi yegulik katta-yu kichikka birdek manzur bo’lishi aniq.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 37 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
300 gramm mol go'shtidan qiyma qiyma yog'siz bo'lishi kerak
300 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
200 gramm shampinyon
3 osh qoshiq smetana
150 gramm piyoz
8-10 ta bedana tuxumi
1 osh qoshiq xantal donachalari
1 choy qoshiq un
1 ta tuxum
3 osh qoshiq maydalangan suxari
ta'bga qarab tuz va murch
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Tog'orachaga qiyma, suxari, xantal, tovuq tuxumi, tuz va murchni solamiz. Aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Shampinyonlarni parrak qilib, piyozni esa yupqa to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.

Tovaga o'simlik yog'i quyib, ikkalasini birga qovurib olamiz.

Unni solamiz, aralashtirib, 1 daqiqa davomida qovuamiz. So'ng smetanani solib, yana 1 daqiqa aralashtirib turib, qovuramiz. Gazdan olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qiymani teng 8 ga bo'lamiz. Ularga kotletsimon shakl berib, ustini biroz chuqurroq qilib olamiz. Uyaga o'xhashi kerak. Patnisga teramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Qiymalarni 190 C darajada qizigan pechda 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

25 daqiqadan so'ng qiymalarni olib, ustidan 1 osh qoshiqdan qo'ziqorinli aralashmadan solib chiqamiz. O'rtasiga esa bittadan bedana tuxumini chaqib solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Yana pechga qo'yib, 5-7 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 50 daqiqa
  • Serves 8
  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
300 gramm mol go'shtidan qiyma qiyma yog'siz bo'lishi kerak
300 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
200 gramm shampinyon
3 osh qoshiq smetana
150 gramm piyoz
8-10 ta bedana tuxumi
1 osh qoshiq xantal donachalari
1 choy qoshiq un
1 ta tuxum
3 osh qoshiq maydalangan suxari
ta'bga qarab tuz va murch
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Banan-qulupnayli tort
keyingi
Parhezbop «Ptiche Moloko» deserti

Fikringiz