Fevral: 4-hafta taomnomalari
Taomnonama ro’yxatini oldindan tuzib qo’yish biz o’zbeklarga uncha xos bo’lmagan odat, lekin shunday qilishga odatlansangiz anchagina ishingizni yengillashtirgan bo’lasiz. Bir haftalik taomnomalarni ko’rib chiqasiz va o’zingizga kerakli masalliqlarni aniqlab olasiz. Bu sizga bozor-o’char qilishda tengsiz yordamchi bo’la oladi. Shunday ekan, haftalik taomnoma ro’yxatiga ko’z yugurtiramiz.
Dushanba
Azu – tatarcha mol go’shtidan ajoyib taom, Qisqichbaqali tayoqchalardan mazali salat va «Chumoli uyasi» torti
Mol go’shtidan tayyorlaniladigan bu taom mazali va juda to’yimli bo’lib, birozgina nordonroq ta’mga ham egadir. Ayniqsa bu taom erkaklarga juda ham yoqadi.
Seshanba
Videoretsept: Tovuqli shnitsel va mujskoy kapriz salati
Tovuq go’shtidan har xil juda yengil va mazali taomlar pishirish mumkin. Shulardan biri tovuqli shnitsel taomi!
Chorshanba
Sabzavotli tovuq sho’rva
va pentuza salati
Sovuq qishda, issiqina ovqatlar, ayniqsa sho’rvalar kimga ham yoqmaydi deysiz. Bizning bugungi tovuqli sho’rva ham juda mazali, to’yimli, shu bilan birga vitaminlarga boy ovqat hisoblanadi. Pentuza salati bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biridir. Bu salatni bizning usulda tayyorlasangiz, haqiqiy koreyscha pentuzadan umuman farq qilmasligiga guvoh bo’lasiz.
Payshanba
Qo’ziqorin va pishloq qo’shilgan tovuqli taom
Tovuqli taomlarni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib retsept! Qo’ziqorin va pishloq qo’shib pishiriladigan mazali tovuqli taom. Bunday ajoyib uyg’unlikdagi taom, har bir oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Juma
Qaynatma sho’rva va qatlamali somsalar
Bizlarda hech qaysi hafta tobida qaynab pishgan qaynatma sho’rvalarsiz o’tmaydi, uyda pishirilgan somsalar bilan esa rohati jondir.
Shanba
Hyatt Regency mehmonxonasidan retsept: Qozon kabob va Kesadilya salati. Oq shokoladdan qilingan blondi keksi.
Qozon kabob bu bizlarning eng sevimli, shu bilan birga juda to’yimli taomlarimizdan biridir. Uning mazali chiqishi uchun kerakli mahsulotlarni to’gr’i solish va asosiysi taomni xush kayfiyatda pishirish kifoyadir!
Yakshanba
Qovurilgan jo’ja, tuxum va rediskali salat. Shokolad va yong’oqli o’rama pirog.
Yakshanba kuyni biz o’zbeklar tansiq taom yeyishga odatlanganmiz. Kelinglar, bugun ham shu odatga sodiq qolgan holda xuddi kafelarda pishirilgandek mazali qovurilgan jo’ja tayyorlaymiz. Bu ovqatni yaxshiroq hazm qildirish uchun esa bizda maxsus salat ham bor. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
1 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Ajoyib