Yanvar: 3-hafta taomnomasi
Kechki ovqatda mazali taomlar tayyorlab yaqinlaringizni xursand qilishni istaysizmi? Unda albatta bu hafta taomnomamizni oxirigacha o’qib chiqing.
Chunki bu yerda tavsiya qilinadigan taomlar mavsumga mos, hamyonbop va juda mazalidir.
Dushanba
Pishloqli xachapuri, suzma va bodrinli salat, gulli qatlamalar
Xachapuri bu Gruziyaning butun dunyoga tanilgan yeguliklaridan biri hisoblanadi. Bu mazali yegulikni tayyorlash juda ham oson. Suzmadan tayyorlangan salat esa mavsum tanlamaydi, chunki u har qanday taom bilan ham yaxshi ketadi.
Seshanba
Qovurilgan tovuq qanotchalari, qizil boshli karam va rukkoladan salat
Bu taom uchun tovuq qanotchalarini bir kun oldin marinadlab qo’ysangiz, uni pishirib olishga 15-20 daqiqa vaqtingiz ketadi. Juda tez va mazali taom tayyor!
Сhorshanba
Goʻsht va sabzavotlar bilan dimlab pishirilgan qizil loviya, kapreze salati va «Jezerye» turkcha shirinligi
Qizil loviya solib pishiriladigan bu taom juda toʻyimli va foydali taom ham hisoblanadi. Undan bir necha haftada bir marta bo’lsa ham tayyorlash kerak.
Payshanba
«Bolonyeze» spagettisi va shokoladli keks
Bu spagetti juda mazali bo’lib, tayyorlash jihatidan ham qiyinchilik tug’dirmaydi. Asosiysi, spagettini ko’p qaynatish mumkin emas.
Ovqatdan keyin choy yoki qahva bilan shokoladli keksdanda ortig’i yo’q.
Juma
Qovoqcha va tovuq go’shtidan kotletlar, rimcha salat
Tovuqning to’shidan yumshoq va mazali taom tayyorlashni istaysizmi? Unga qovoqchadan ham solamiz, buning natijasida juda mayin ta’mga ega kotletlar tayyor bo’ladi.
Shanba
Qiymali ratatuy, grekcha salat
Hozir sabzavotlardan to’yib oziqlanishning ayni fursati bo’lib, bugun ulardan fransuz oshxonasiga mansub taom bo’lmish, ratatuy tayyorlaymiz.
Yakshanba
O’rama xonim, chimchi – koreyscha karamli salat
Yupqa xamir va ichi to’la asosli o’rama xonimlardan yakshanba kuni tayyorlang va butun oila a’zolaringizni mamnun eting! Chimchini esa 2-3 kun oldin tayyorlab qo’ysangiz, yakshanba kunigacha maromida tayyor bo’ladi. Yoqimli ishtaha!
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!