May: 4-hafta taomnomasi
Eng sara, mazali va foydali taomlardan tashkil topgan hafta taomnomasiga nima deysiz?
Bunday taomnoma sizning vaqtingizni tejaydi. Tezroq kirib ko’ring, balki taomnomada siz hali tayyorlab ko’rmagan o’zgacha taomlar ham bordir.
Dushanba
Azu – tatarcha mol go’shtidan ajoyib taom
Tatarcha mol go’shtidan tayyorlaniladigan bu taom mazali va juda to’yimli bo’lib, birozgina nordonroq ta’mga ham egadir. Ayniqsa bu taom erkaklarga juda ham yoqadi.
Seshanba
Italyancha pomidor qaylali spagetti
Bu ovqatning «tez va oddiy tayyorlanilishi, shu bilan birga juda mazzaliligi» xuddi barcha italyan oshxonalaridek o’ziga xos xususiyatdir. Bu ovqat bor yo’g’i 15-20 daqiqada tayyorlansada, ta’mi juda betakror hisoblanadi.
Chorshanba
Qaynatilgan tuxum solib pishirilgan go’shtli rulet
Bu ruletga har xil mahsulotlar solib, rang-barang ko’rinish va ta’mdagi yeguliklarga ega bo’lasiz.
Payshaba
Kuk-si
Kuk-si bu ayni yozbop, yaxna taom bo’lib, koreys oshxonasi taomlariga mansubdir. Hozir bu taomni uy sharoitida qanday tayyorlash to’g’risida gapirib o’tamiz. Kuksi bu lapsha va unga qo’shiladigan bir necha xil aralashmalardan iborat bo’lib, ularni bodringli, karamli, pomidorli va go’shtli qo’shimchalar tashkil etadi.
Juma
«Pepperoni» pitsasi
Pitsa pishayotganida undan taraladigan xushbo’y ifor hech kimni befarq qoldirmaydi. Agarda qo’l ostingizda «Mali» tayyor xamiri bo’lsa, katta davra uchun bunday pitsa tayyorlash umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.
Shanba
Zar qog’ozda pishirilgan italyancha tovuqli taom
Zar qog’ozda pishiriladigan bu tovuq va sabzavotli taomning oson tayyorlanilishi, mazasi va kaloriyasining kamligi sabab ham, bolalar ham, parhez tutuvchi insonlar ham bemalol iste’mol qilishlari mumkin.
Yakshanba
Tovuq va sabzavotlardan qilingan toblatma
Juda sersuv va mayin bo’lib pishuvchi bu taom yoz faslida tayyorlash uchun ayni muddaodir.