fbpx
Videoretsept: Qaynatilgan tuxum solib pishirilgan go’shtli rulet

Videoretsept: Qaynatilgan tuxum solib pishirilgan go’shtli rulet

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugungi videoretseptimizda bizlar sizga qaynatilgan tuxum solib pishiriladigan qiymali rulet retseptini taqdim etamiz.

Bu ruletga har xil mahsulotlar solib, rang-barang ko’rinish va ta’mdagi yeguliklarga ega bo’lasiz.

Agarda har doim kotletlar pishirish joningizga tegkan bo’lsa, unda juda ham chiroyli bu ruletdan pishirib ko’ring.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

800 gramm mol go'shtidan qiyma
1 bosh piyoz
1ta tuxum
1 ta pomidor
3 ta oq non bo'laklari (tost)
50 millilitr sut
1 bog' petrushka yoki kashnich
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq quritilgan rayxon
ta'bga ko'ra tuz va murch
4 ta qaynatilgan tuxum
Qadam 1
Tugallandi

Non bo'laklarini sutga ivitib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Katta idishga qiyma, tuxum, go'shtqiymalagichdan o'tkazilgan piyoz, mayda to'g'ralgan pomidorni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng ko'katlar, sarimsoqpiyoz, ta'bga qarab ziravorlarni solamiz, tuz va murch sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ivitilgan nonni suti bilan birga solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

To'rtburchak qolip olib, yog' surtamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qiymani teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qolipga qiymaning bir qismini solib, ustidan qaynatilgan tuxumlarni po'stidan tozalab solamiz va qiymaning ikkinchi qismini ham solib, unga rulet shaklini beramiz.

Qadam 8
Tugallandi

200 C darajada qizdirilgan gaz pechida taxminan 50 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pishgan ruletni qolipdan ajratib, 10-15 daqiqa xona haroratida sovutib, undan so'nggina kesib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

800 gramm mol go'shtidan qiyma
1 bosh piyoz
1ta tuxum
1 ta pomidor
3 ta oq non bo'laklari (tost)
50 millilitr sut
1 bog' petrushka yoki kashnich
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq quritilgan rayxon
ta'bga ko'ra tuz va murch
4 ta qaynatilgan tuxum
oldingi
Qovoqchali «chebureklar»
keyingi
Uyda tayyorlanilgan shaurma

Fikringizni qo'shing

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.