May: 1-hafta taomnomasi
Hafta taomnomasi – pazandalarimizni har kunlik «Bugun nima ovqat qilay?» deb nomlangan savolnomadan xalos qiladi.
Oila a’zolaringiz esa taomnomadagi bunday xilma-xillikdan mamnun bo’lib, siz tayyorlagan taomlarni mazza qilib iste’mol qilishadi. Shunday ekan vaqtni zoya ketkazmay tezroq yangi hafta uchun taomnomani qabul qiling.
Dushanba
Kievcha kotletlar
Sersuv va mazali kievcha kotletlar, oddiy kotletdan qiymadan emas, savalangan tovuq filesidan tayyorlanganligi bilan ajralib turadi.
Seshanba
«Dangasa» do’lmalar
Do’lma tugishni xush ko’rmaydiganlar yoki erinadigan ayollarimiz uchun juda ajoyib do’lma retsepti!
Chorshanba
O’zbekcha ugra-osh sho’rvasi
Ugra-osh – bu tuxumli ugra va tovuq go’shtidan qilingan an’anaviy sho’rva bo’lib, katta va kichikka birdek xush keladi.
Payshanba
Stuzzico pitsasi
Ajoyib ta’mli bu yegulikni endilikda o’zimiz tayyorlaymiz va yaqinlarimizni hayratda qoldiramiz. Tayyor bo’lsangiz, unda boshladik!
Juma
Qaynatilgan tuxum solib pishirilgan go’shtli rulet
Bu ruletga har xil mahsulotlar solib, rang-barang ko’rinish va ta’mdagi yeguliklarga ega bo’lasiz. Agarda har doim kotletlar pishirish joningizga tegkan bo’lsa, unda juda ham chiroyli bu ruletdan pishirib ko’ring.
Shanba
Italyancha pomidor qaylali spagetti
Italyancha pomidor qaylali spagetti – bu haqiqiy italiyaliklarga xos taom hisoblanadi. Bu ovqat mol va baliq go’shtisiz – faqatgina pasta, pomidor, ziravor o’tlar va zaytun moyidan tarkib topgan.
Yakshanba
Gaz pechida pishirilgan sersuv tovuq
Ta’tib ko’rganlaringiz orasida eng sersuv tovuq retseptini taqdim etamiz. Tovuq pechda deyarli sizning ishtirokingizsiz pishadi, sizda esa boshqa ishlar uchun bo’sh vaqt paydo bo’ladi.