fbpx
Konservalangan makkajo’xori va kolbasali salat

Konservalangan makkajo’xori va kolbasali salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu salatni tayyorlash shu darajada osonki, bunday salatdan tayyorlash hatto bolalarning ham qo’lidan keladi. Shunga qaramasdan, u juda mazali va ajoyib ta’mda chiqadi.

4 xil masalliqlar, 5 daqiqa esa sarflaniladigan vaqt: bu salat bo’sh vaqti kam bo’lgan ayollarimiz uchun haqiqiy topilmadir. Shuningdek bu mazali salatni yangi yil dasturxoniga tayyorlashni tavsiya qilib qolamiz.

Masalliqlar:

100 gramm dudlangan kolbasa
100 gramm qattiq pishloq
yarim banka konservalangan makkajo'xori
3 dona qaynatilgan tuxum
ta'bga qarab mayonez
Qadam 1
Tugllandi

Kolbasa va tuxumlarni bir xil kattalikda to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz. Pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Hamma masalliqlarni bitta idishga solamiz, ustidan mayonez quyamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz. Ta'bga qarab tuz va murch sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

100 gramm dudlangan kolbasa
100 gramm qattiq pishloq
yarim banka konservalangan makkajo'xori
3 dona qaynatilgan tuxum
ta'bga qarab mayonez
oldingi
Videoretsept: Quritilgan mevalar solib pishirilgan rojdestvo keksi
keyingi
Videoretsept: Tayyor qatlama xamirdan qilingan “Napoleon” torti

Fikringiz