Aprel: 2 hafta taomnomasi
Ana mana deguncha aprel oyining 2 chi haftasini qarshi olish arafasiga ham kelib qolipmiz. Kunlarning tez o’tishi, uning maroqli o’tyayotganidan dalolatdir. Shunday maroqli kunlarda sizga keyingi hafta uchun taomnoma ro’yxatini taqdim etishga shoshilamiz. Qarshi oling.
Dushanba
Yengil taomlar kuni.
Pergament qog’ozida sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq oyoqchalari
Siz ushbu taomga 15 daqiqa vaqtingiz va mehnatingizni ketkazsangiz bas, qolganini gaz pechi bajaradi.
Bunday usulda pishirilgan tovuq go’shti og’izda eriydigan bo’lib pishadi, yaqinlaringiz esa taomni yana pishirishingizni so’rashadi.
“Vinegret” salati
Seshanba
Milliy taomlar kuni.
Moxora
Bu O’zbekona sho’rvaning to’yimliligini siri – unga ko’p mahsulotlar qo’shilishidadir. Moxorani tushlik yoki kechki ovqat uchun tayyorlasangiz, dasturxondan hech kim och qolib turmasligi aniq.
Piyozli qatlamalar
Piyozli qatlama bu ham non, ham pishiriq o’rniga iste’mol qilsa bo’ladigan juda mazali va to’yimli yegulik hisoblanadi.
Chorshanba
Turli millatlar taomlari.
“Mac and cheese” (Pishloqli makaronlar)
Amerikada «mac and cheese» deb nomlanadigan bu taom tayyorlanishi oddiy bo’lob, ta’mi juda mazalidir. Hatto ovqatlanishi injiq bolalarga ham bu ovqat yoqadi.
Bananli krambl
Payshanba
Dukkakli mahsulotlardan taomlar kuni.
Moshxo’rdali krem-sho’rva
Moshxo’rda juda ham sevimli taomligi hech kimga sir emas. Lekin bu taomni o’zgacha va noodatiy tarzda uzatsangiz, barchaga, shu jumladan, yoshi katta va kichiklarga yoqishi aniq.Taomni qulay tomoni shundaki, kichkintoylarga ham istemol qilish qiyinchilik tug’dirmaydi.
Qatlama xamirdan tayyorlangan pishloq qalamchalari
Juma
Suyuq taomlar kuni.
Tovuqli ramyon
Agarda bir xillik joningizga tekkan bo’lsa, unda mana bu yangicha taom unga rang-baranglik kiritsa ajab emas.
Buning uchun sizga supermarketlardan topsa bo’ladigan oddiy masalliqlar va ozgina bo’sh vaqt kerak bo’ladi xolos!
Vitaminli salat
Shanba
Baliq yoki gaz pechida pishiriladigan taomlar.
Ko’zachada pishirilgan tovuq
Ko’zachalarda tayyorlaniladigan bu taom juda mazali bo’lib, ajoyib ko’rinishi bilan ko’pchilikni qiziqtirsa ajab emas!
Bunday taomni pazandachilikdan hali xabari yo’q insonlar ham bemalol tayyorlay olishadi.
Grekcha salat
Yakshanba
Grill yoki kabob kuni.
Tovuq go’shtidan qilingan lo’la kabob
Tovuq filesidan tayyorlangan xushbo’y va mazali lo’la kaboblar — juda oson tayyorlaniladigan taom bo’lib, hatto pazandachilikdan umuman xabari yo’q insonlar ham uni bemalol tayyorlay oladilar.