fbpx
Qatlama xamirdan tayyorlangan pishloq qalamchalari

Qatlama xamirdan tayyorlangan pishloq qalamchalari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sevimli serialingizni ko’rish paytida nimalardandir iste’mol qilgingiz keladimi? Pop-korn va chipslarning o’rniga mana bunday pishloqli qalamchalardan tayyorlab ko’ring.

Oldindan ogohlantirib qo’yamiz, ular dasturxondan qanday tugab qolganini sezmay ham qolasiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 11 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

250 gramm tayyor qatlama xamir
50 gramm pishloq
0.5 bog' shivit
0.5 bog' petrushka
Qadam 1
Tugllandi

Pechni 210 C darajaga qizdirib olamiz.

Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Xamirdan 2 sm qalinlikdagi uzunchoq lentalar kesib chiqamiz.

So'ng ularni pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib chiqamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Pishloqni qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib olamiz. Ko'katlarni esa qattiq poyachasini kesib tashlab, o'zini mayda to'g'rab olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamir ustidan pishloq va ko'katlarni sepib, 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 gramm tayyor qatlama xamir
50 gramm pishloq
0.5 bog' shivit
0.5 bog' petrushka
oldingi
Tovuqli ramyon
keyingi
Brokkoli va pishloq solib pishirilgan tovuqli taom

Fikringiz