Tovuqli ramyon

Tovuqli ramyon

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agarda bir xillik joningizga tekkan bo’lsa, unda mana bu yangicha taom unga rang-baranglik kiritsa ajab emas.

Buning uchun sizga supermarketlardan topsa bo’ladigan oddiy masalliqlar va ozgina bo’sh vaqt kerak bo’ladi xolos!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 37 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

2 ta tovuq sonlari
2 ta qizil sabzi
2 litr suv
1 bog' ko'k piyoz
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 osh qoshiq kunjut yog'i yoki oddiy yog'
4 osh qoshiq yangi uzilgan zanjabil
400 gramm tuxumli lapsha yoki Udon lapshasi
ta'bga qarab tuz va murch
300 gramm tovuq filesi
100 millilitr soya qaylasi
2 osh qoshiq kunjut
3 osh qoshiq asal
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
birga tortish uchun nori bargi
2-3 dona qaynatilgan tuxum
Qadam 1
Tugllandi

Ko'k piyozning bir qismi va sabzilarni o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Toblatmalarga mo'ljallangan qolipga tovuq sonlarini, sabiz, ko'k piyoz, sarimsoqpiyozlarni solamiz.

Tuz sepib, ustidan kunjut yog'ini quyamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

220 C darajada qizigan pechda 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Pishgan masalliqlarni hammasini qozonga solamiz, ustidan 2 litr suv quyib, 30 daqiqa pastroq olovda qaynatamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tovuq go'shtini yuvib, uzunchoq shaklda to'g'raymiz.

Qadam 6
Tugllandi

Tovaga yog' solib qizdiramiz, go'shtni oqarguniga qadar qovurib olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

So'ng tovuq filesi ustidan soya qaylasi, zanjabil, tuz va murchni solamiz.

Soya qaylasi bug'lanib ketgunga qadar qovurib olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

So'ng asal va kunjutni solib, qoshiqda aralashtirib, past olovda qovuramiz.

Qadam 9
Tugllandi

Tuxumli lapshani tuzli suvda o'ramida ko'rsatilgan muddatda qaynatib olamiz. So'ng suvini to'kib tashlaymiz.

Qadam 10
Tugllandi

Bulyondan tovuqni olib, suyakchalaridan ajratib olamiz.

Qadam 11
Tugllandi

Taomni tortadigan idishlarga tovuq go'shtidan solamiz. Ustidan 1-2 choy qoshiqdan soya qaylasi quyamiz.

Qadam 12
Tugllandi

Ustidan 100 grammdan lapsha solib, ustidan bulyon quyamiz.

Qadam 13
Tugllandi

Ustidan kunjut bilan qovurilgan tovuq bo'lakchalaridan solamiz. To'g'ralgan ko'k piyoz va yarimtadan qaynatilgan tuxum bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta tovuq sonlari
2 ta qizil sabzi
2 litr suv
1 bog' ko'k piyoz
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 osh qoshiq kunjut yog'i yoki oddiy yog'
4 osh qoshiq yangi uzilgan zanjabil
400 gramm tuxumli lapsha yoki Udon lapshasi
ta'bga qarab tuz va murch
300 gramm tovuq filesi
100 millilitr soya qaylasi
2 osh qoshiq kunjut
3 osh qoshiq asal
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
birga tortish uchun nori bargi
2-3 dona qaynatilgan tuxum
oldingi
Ryajenkadan tayyorlangan parhezbop desert
keyingi
Qatlama xamirdan tayyorlangan pishloq qalamchalari

Fikringiz