Dekabr: 2-hafta taomnomasi
Assalomu aleykum, aziz pazandalarimiz! Yana bir haftalik taomnomamiz ro’yxatini sizlarga taqdim etamiz.
Hafta taomnomalari ro’yxatini tuzish ko’pgina muoammolarga yechim bo’la oladi. Masalan, rejalaringizni oldindan tuzib qo’yib, har kuni har xil taomlardan pishirasiz, ortiqcha bo’sh vaqtingizni esa o’zingiz va oila a’zolaringizga sarflaysiz.
Dushanba
Baqlajon va pomidorlar bilan dimlab pishirilgan go’shtli taom, meksikancha salat
Baqlajonlar bilan dimlab pishirilgan bu taomning go’shti juda yumshab pishadi. Kavkaz oshxonasiga tegishli bu taom sizga ham yoqishi aniq.
Seshanba
Xitoycha qovurilgan guruch va tovuqli taom va «Toshkent» salati
Sharqona usulda qovurilgan guruch va tovuqli taom dunyo bo’yicha ko’plab xitoycha restoranlarda tortiladi. Bunday taom xuddi biz xohlagandek – mazali, tez va juda oson tayyorlaniladi!
Сhorshanba
Solyanka – quyuq sho’rva, chimchi – koreyscha karamli salat
va revani – turkcha mannik
Mol go’shtidan tayyorlangan Solyanka – ko’pchilikning sevimli taomlaridan biri hisoblanadi. Agarda bu taom sizga notanish bo’lsa, unda hoziroq tanishib olamiz.
Payshanba
Pigodi – koreyscha taom va Koreyscha kim-pab rollarini uyda tayyorlash
Biz o’zbeklar hech qaysi hafta kunini qaynab tobida pishgan qaynatma sho’rvalarsiz umuman tasavvur etolmaymiz. Sho’rva bilan issiqqina belyashilar esa oromi jondir. O’zingizni sinab ko’ring.
Juma
Befstroganov taomi va qadimiy usulda pishirilgan kartoshka
Bu ikki xil taom bir birini juda to’ldiradi. Pishirib ko’ring, yumshoqqina go’sht va qarsildoq kartoshkaning uyg’unligiga baho bering!
Shanba
Fransuzcha piyozli sho’rva, tovuq go’shti va makkajo’xorili salat
Yakshanba
Yakshanba kuni ko’pchilik uchun bayram, chunki aynan shu kuni barcha oila a’zolari jamlanishadi. Kimdir ishidan, yana kimdir esa o’qishidan ortib, bo’sh vaqt topadi. Shunday ekan aynan shu kuni tansiq taomlar pishirishni maslahat bergan bo’lar edik. Quyidagi retsetlarimizga e’tibor qarating, sizlarga yoqadi degan umiddamiz. Tvorogli vareniklar nonushtaga juda ham yaxshi taom. Albatta pishirib ko’ring!
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!