fbpx
Tovuq go’shti va makkajo’xorili salat

Tovuq go’shti va makkajo’xorili salat

Masalliqlar:

  • Aralashmasiga:

Yo’nalishlar

Oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan, ammo juda mazali va yengil salat retseptini qarshi oling!Ayniqsa bunday salat ozishni xohlovchilar uchun ayni muddao bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 28 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

500 gramm tovuq filesi
2 ta bodring
1 ta bulg'or qalampiri
150 gramm konservalangan makkajo'xori
1 bog' salat bargi
ta'bga qarab tuz va murch
Aralashmasiga:
1/2 bosh qizil piyoz
2 ta shoxcha ko'k piyoz
3 osh qoshiq mayonez
3 osh qoshiq smetana
Qadam 1
Tugllandi

Aralashmasini tayyorlab olamiz:

Piyoz va ko'k piyozni mayda qilib to'g'raymiz. Smetana va mayonezni aralashtirib olamiz. Ustidan to'g'ralgan piyoz va ko'k piyozni solamiz. Aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tovuq go'shtini uzunchoq shaklda to'g'rab olamiz va o'simlik yog'ida qizarguniga qadar qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Bodring va bulg'or qalampirini somoncha shaklda to'g'raymiz. Hammasini tog'orachaga solamiz, ustidan konservalangan makkajo'xorini ham solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Salat bargini ham qo'lda maydalab olamiz va qolgan masalliqlar ustidan solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Smetanali aralshmani salat ustidan solamiz va aralashtirib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm tovuq filesi
2 ta bodring
1 ta bulg'or qalampiri
150 gramm konservalangan makkajo'xori
1 bog' salat bargi
ta'bga qarab tuz va murch
Aralashmasiga:
1/2 bosh qizil piyoz
2 ta shoxcha ko'k piyoz
3 osh qoshiq mayonez
3 osh qoshiq smetana
oldingi
“Kit-kat” torti
keyingi
Apelsinli sharlotka

Fikringiz