• Asosiy
  • Gazaklar
  • Batafsil fotoretsept: Koreyscha kim-pab rollarini uyda tayyorlash
Batafsil fotoretsept: Koreyscha kim-pab rollarini uyda tayyorlash

Batafsil fotoretsept: Koreyscha kim-pab rollarini uyda tayyorlash

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Kim-pab janubiy Koreya oshxonasining milliy taomi hisoblanadi. Bunday taomning tayyorlash usullari juda ham ko’p bo’lib, bugun sizlarga ulardan bir turini ko’rsatib beramiz.  

Bunday noodatiy taom tayyorlab yaqinlaringizni hayratlantiring va pazandachilik san’atidagi tajribangizni oshiring.

Masalliqlar:

1 o'ram Kim bargi
500 gramm guruch
1/3 piyola o'simlik yog'i
1 tishcha sarimsoqpiyoz
0.5 choy qoshiq qora murch
1.5 choy qoshiq tuz
Asosiga:
1-2 dona qizil sabzi
2-3 ta bodring
2 ta tuxum
1 bog' ko'k piyoz
100 gramm qizil baliq
100 gramm dudlangan kolbasa
4-5 dona qisqichbaqa tayoqchalari
Qadam 1
Tugllandi

Barcha kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Guruchni tayyorlaymiz:

Guruchni iloji bo'lsa "Alanga" navidan olamiz, yaxshilab yuvib, 10-15 daqiqa sovuq suvga ivitib qo'yamiz.

So'ng guruchni qaynatadigan idishga solamiz va ustidan suv quyamiz. Suv guruchdan taxminan yarim santimetr oshiqroq bo'lsin. Baland olovda qaynatamiz. Suvini yarmini shimgandan so'ng olovni sal pasaytiramiz va qopqog'ini yopib, 7-10 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Sarimsoqpiyozni olib mayda to'g'raymiz yoki ezamiz, idishga solamiz ustidan tuz va nurch sepib hammasini yaxshilab aralashtiramiz. Sarimsoqpiyozning sharbati iloji boricha chiqishi kerak.

Qadam 4
Tugllandi

Tuxumni idishga solib aralashtiramiz va tovada ikki tomonidan ham qovurib olamiz. Sovigandan so'ng esa olib uzun lentalarga o'xshab taxminan 1-1.5 sm qalinlikda kesib chiqamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Bodring, kolbasa, qisqichbaqa tayoqchalari va qizil baliqni uzunchoq shaklda kesib chiqamiz. Qalinligi 7 mm dan oshmasin. Ko'k piyozni ham teng o'rtasidan bo'lamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Barcha kerakli masalliqlarni qo'l ostingizga qo'ying. Bitta piyolada oddiy suv ham qo'ying, u qo'llarni ho'llab olishda kerak bo'ladi.

Rollarni o'rash uchun sinofka ya'ni maxsus taxtakach kerak bo'ladi, agarda u sizda mavjud bo'lmasa, unda oddiy oziq-ovqat pelyonkasidan foydalaning.

Pelyonkani taxtakach ustiga to'shab, ustidan kim bargini solasiz. Ustidan qaynatilgan guruchni bir tekisda solib chiqasiz. Bargning tepa tomoni 2-3 sm atrofida bo'sh qolsin.

Qadam 7
Tugllandi

Pastki qismidan 2-2.5 smdan so'ng asoslarni qo'yib chiqing. Asoslarni xohlaganingizdan qo'yaverishingiz mumkin. Taomni ruletga o'xshab o'rab chiqamiz. Shu holida likopchaga 10-15 daqiqa qo'yib qo'yamiz.

Qadam 8
Tugllandi

O'tkir pichoq olamiz, suvga botiramiz va 1 sm dan yupqa bo'lmagan qalinlikda kesib chiqamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Tayyor rollarni soya qaylasi bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 o'ram Kim bargi
500 gramm guruch
1/3 piyola o'simlik yog'i
1 tishcha sarimsoqpiyoz
0.5 choy qoshiq qora murch
1.5 choy qoshiq tuz
Asosiga:
1-2 dona qizil sabzi
2-3 ta bodring
2 ta tuxum
1 bog' ko'k piyoz
100 gramm qizil baliq
100 gramm dudlangan kolbasa
4-5 dona qisqichbaqa tayoqchalari
oldingi
Pigodi – koreyscha taom
keyingi
Tovuq va shampinyonli salat

4 Sharhlar Hide Comments

Assalomu aleykum Zira.uz azolar Kim pab juda chiroyli chiqibdi qullariz dard kurmasin Koreyada kim pabni boshqacha usulda tayyorlaymiz endi siz tayyorlagan usulda ham qilib kuraman.Ishlarizga omad mazzali ovqatlar retsepini chiqarishda charchamela ilohim☺

Fikringiz