fbpx
Solyanka – quyuq sho’rva

Solyanka – quyuq sho’rva

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mol go’shtidan tayyorlangan Solyanka – ko’pchilikning sevimli taomlaridan biri hisoblanadi. Agarda bu taom sizga notanish bo’lsa, unda hoziroq tanishib olamiz. 

Nordongina bu sho’rva hozirgi shamollashlar mavsumida ayni muddaodir. Solyankani bayramdan keyingi kunda tayyorlasangiz ham bo’ladi, chunki bayramdan so’ng qolgan yaxna go’sht mahsulotlardan bemalol foydalanaveramiz.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
200 gramm mol go'shti
150 gramm dudlangan kolbasa (oxotnichniy)
150 gramm dudlangan kurka go'shti
1 bosh piyoz
1 dona sabzi
4 ta tuzlangan bodring
100 gramm zaytun mevasi
1-2 osh qoshiq pomidor pastasi
2 ta lavr yaprog'i
1 ta limon
yarim bog' petrushka
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
bezatib tortish uchun smetana
2 litr qaynatilgan suv
Qadam 1
Tugallandi

Qozonga yog' solamiz va qizdiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Go'shtni kichikroq bo'laklarda kesib chiqamiz. Yupqaroq to'g'rasangiz pishishi oson bo'ladi.

Qadam 3
Tugallandi

Piyoz va sabzini mayda to'rtburchak shaklda to'g'rab gosht ustidan solamiz va qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Barchasini 3-4 daqiqa davomida dimlaymiz.

Solyanka uchun bodringni aynan tuzlanganini ishlatish kerak, marinadlangani to'g'ri kelmaydi.

Qadam 5
Tugallandi

Dudlangan kurka go'shtini somoncha shaklda, kolbasa oxotnichniy bo'lsa parrak shaklda, agar oddiy bo'lsa unda to'rtburchak shaklda to'g'raymiz va qozonga solamiz.

Ikki daqiqadan so'ng qozonga qaynagan suvdan ikki litr solamiz.

Sho'rvamiz qaynashni boshlagandan so'ng olovni pasaytiramiz va 10-15 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

10-15 daqiqadan so'ng sho'rvaga zaytun mevasi va petrushkani to'g'rab solamiz.

Shuningdek limonni to'rtdan bir qismini mayda to'g'rab sho'rvani ichiga solamiz.

Tuzini tekshirib ko'ramiz, zaruriyatga qarab yana solamiz, agar siz achchiqroq ta'mni ishqibozi bo'lsangiz, unda achchiq qalampir ham qo'shing.

Yana 5 daqiqa past olovda qaynatamiz, so'ng olovni o'chirib qopqog'ini 15 daqiqaga yopib qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ng ovqatni kosalarga suzamiz, limon va smetana bilan bezatamiz.

To'g'ralgan ko'katlar bilan ham bezatsak bo'ladi.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 60 daqiqa
  • Serves 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
200 gramm mol go'shti
150 gramm dudlangan kolbasa (oxotnichniy)
150 gramm dudlangan kurka go'shti
1 bosh piyoz
1 dona sabzi
4 ta tuzlangan bodring
100 gramm zaytun mevasi
1-2 osh qoshiq pomidor pastasi
2 ta lavr yaprog'i
1 ta limon
yarim bog' petrushka
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
bezatib tortish uchun smetana
2 litr qaynatilgan suv
oldingi
Uy sharoitida tayyorlangan koreyscha sabzili salat
keyingi
Batafsil fotoretsept: tvorogli pirog

Fikringiz