fbpx
Meksikancha salat

Meksikancha salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Meksikancha salat yozgi ratsion uchun juda qo’l keladi. Juda yorqin va ishtahaochar bu salat vitaminlarga boyligi bilan sizni xursand qiladi.

Bu yegulikni nafaqat salat sifatida, balki biror bir taomga garnir sifatida ham tayyorlash mumkin.

Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 25 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1/2 bosh karam
200 gramm konservalangan makkajo'xori
1 bosh qizil piyoz
0.5 ta qizil bulg'or qalampiri
0.5 ta yashil bulg'or qalampiri
50 millilitr zaytun moyi
0.5 choy qoshiq maydalangan zira
0.5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 osh qoshiq limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Karamni yupqa qilib to'g'raymiz, ammo qattiq joylarini ishlatmaymiz. Tuz sepib, qo'lda yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qizil piyoz va bulg'or qalampirlarini tozalab, maydaroq to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugllandi

Piyoz, bulg'or qalampiri, makkajo'xori va karamni aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Aralashmasini tayyorlab olamiz. Buning uchun zaytun moyini maydalangan zira va quritilgan shirin qalampir solamiz. Limon sharbatini ham quyib, sanchiqda aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Salat ustidan aralashmasini quyib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishataha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1/2 bosh karam
200 gramm konservalangan makkajo'xori
1 bosh qizil piyoz
0.5 ta qizil bulg'or qalampiri
0.5 ta yashil bulg'or qalampiri
50 millilitr zaytun moyi
0.5 choy qoshiq maydalangan zira
0.5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 osh qoshiq limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Olchali sochma pirog
keyingi
Nafis qaylada pishgan tovuq go’shti

Fikringiz