Aprel: 2-hafta taomnomasi
Yangi hafta oldidan «Kechki ovqatga nima tayyorlasam ekan?» deb, bosh qotirmasligingiz uchun sizlarga o’zimizning hafta taomnoma ro’yxatimizni taqdim etamiz.
Hafta taomnomasi ro’yxatini tuzish ko’pgina muoammolarga yechim bo’la oladi: oila bir xillikdan, uy bekasi tayyorlashdagi asabbuzarliklardan qutuladi, qarabsizku butun oila a’zolari mamnun.
Dushanba
Yasmiqli krem-sho’rva va qizil baliq va bedana tuxumlaridan salat
Dushanba biroz qiyinroq hafta kuni bo’lib, aynan shu kuni yengilgina taomlar xush yoqadi. Shuning uchun ham bugun sizlarga yasmiqdan tayyorlangan mayin ta’mli sho’rva va vitaminlarga boy salatni tavsiya qilamiz. Yasmiq juda foydali don mahsuloti bo’lib, hozir ular bozorlarda to’la. Shunday ekan bu imkoniyatdan foydalanamiz.
Seshanba
Chuchvara va «Toshkent» salati
Chuchvarani bizning usulda tayyorlab ko’ring, juda yoqadi. Shirinlikka esa tvorogli bananchalar pishirib oila a’zolaringiz, ayniqsa jajji bolajonlaringizni xursand qiling!
Сhorshanba
Room 5 kafesidan retsept: minestorne sho’rvasi,shokoladli maffinlar va zanjabilli choy
Italyancha minestorne sho’rvasini o’zingiz uyda tayyorlashni istaysizmi? Room 5 mashhur kafesi o’zining retseptlarini biz bilan bo’lishishga qaror qildi.
Payshanba
Pigodi – koreyscha taom va Koreyscha kim-pab rollarini uyda tayyorlash
Biz o’zbeklar hech qaysi hafta kunini qaynab tobida pishgan qaynatma sho’rvalarsiz umuman tasavvur etolmaymiz. Sho’rva bilan issiqqina belyashilar esa oromi jondir. O’zingizni sinab ko’ring.
Juma
Befstroganov taomi va qadimiy usulda pishirilgan kartoshka
Bu ikki xil taom bir birini juda to’ldiradi. Pishirib ko’ring, yumshoqqina go’sht va qarsildoq kartoshkaning uyg’unligiga baho bering!
Shanba
Parranda go’shtini sevuvchilarga bu retsept juda ham yoqadi.
Bu usulda pishirilgan tovuq qanotchalari juda ham mazali chiqadi.
Yakshanba
Yakshanba kuni ko’pchilik uchun bayram, chunki aynan shu kuni barcha oila a’zolari jamlanishadi. Kimdir ishidan, yana kimdir esa o’qishidan ortib, bo’sh vaqt topadi. Shunday ekan aynan shu kuni tansiq taomlar pishirishni maslahat bergan bo’lar edik. Quyidagi retsetlarimizga e’tibor qarating, sizlarga yoqadi degan umiddamiz. Tvorogli vareniklar nonushtaga juda ham yaxshi taom. Albatta pishirib ko’ring!
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!