Ramazon oyida saharlik uchun retseptlar
Biz kutgan muqaddas Ramazon oyi ham kirib keldi. Albatta bunday oyda ro’za tutuvchilarning soni ko’payadi. Bugun Zira Ramazon oyida saharlikka tayyorlansa bo’ladigan yeguliklar retseptini sizlarga taqdim etadi.Ramazon go’zallik, yaxshi xulq va amallar oyi hisoblanadi. Bu oyda insoniyatning ruhiyati, sabri sinaladi. Aynan ramazon oyida inson yomonliklardan uzoqda turishi, qalbini yaxshi amallar bilan ruhlantirishi lozim bo’ladi. Ramazon oyining barakasi behisobdir. Bu oyda odamzot uni yaratgan Ollohga qanchalar yaqin va do’zaxdan qanchalar uzoq bo’lishni o’zlari hal qiladilar.
Bir manbada yozilishicha, ro’za vaqtida, shaytonlar harakat qilib yuruvchi inson tomirlari torayib, bundan ularning insonga bo’lgan ta’siri hamda, insonning qiladigan gunoh amallari kamayadi va inson yomonlik illatlaridan uzoqlashadi. Ro’za nafaqat yeyish va ichishdan o’zini tiyish, balki barcha yomonliklarni qilmaslik, nafsini jilovlashi va Alloh roziligi uchun qilingan bir amalidir.
Ro’za oyida saharlik va iftorlikda iste’mol qiladigan taomlarimiz bizning kun bo’yi qanday holatda yurishimizga ta’sir ko’rsatadi. Saharlikda iloji boricha uglevodga boy, uzoq hazm bo’ladigan, chanqoqni chaqirmaydigan taomlardan iste’mol qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan: xom va qaynatilgan sabzavotlar, donli mahsulotlar, bug’doy kepagi solib pishirilgan non mahsulotlari, har xil bo’tqalar va quruq mevalar. Quyida Zira sizlarga saharlikka iste’mol qilsa bo’ladigan taomlar ro’yxatini sizlarga tavsiya qiladi.
Tvorog va lavashdan naychalar
Yupqa lavashga solib pishiriladigan tvoroglar juda mazali bo’lib, 25-30 daqiqa vaqt ichida tayyor bo’ladi. Bu tvorogli pishiriq uchun tvorogli pishloq, suzma yoki oddiy tvorogdan foydalanishimiz mumkin.
Nonushtabop galetalar
Galetalar juda xushxo’r va mazali yeguliklar hisoblanadi. Tavsiya:agar xamir va asosni bir kecha oldin tayyorlab qo’ysak, ishimiz anchagina yengillashadi!
Suli yormasidan bo’tqa
Suli yormasidan bo’tqa tayyorlang va ichiga yong’oq, mayiz va asaldan qo’shsangiz, kuni bo’yi to’q yurasiz. Aytgancha bizning retseptda uni mikroto’lqinli pechda tayyorlaganmiz. Agarda sizda bnday pech mavjud bo’lmasa, unda gaz plita ustida ham pishiravering.
Pishloqli xachapuri
Xachapuri bu Gruziyaning butun dunyoga tanilgan yeguliklaridan biri hisoblanadi. Bu mazali yegulikni tayyorlash juda ham oson. Pishloq solib pishiriladigan bu xachapurini tovada tezda tayyorlab olamiz.
Turkcha quymoq
Dudlangan yoki qaynatilgan go’sht solib pishirilgan quymoq oqsilga boyligi sabab ham, u qorinni uzoq muddat to’q tutadi.
Tvorogli vareniklar
Yuqorida aytganimizdek sutli mahsulotlar ham saharlik uchun yaxshi tanlov bo’la oladi. u vareniklarni bir kecha oldin tayyorlab qo’ying, saharlikda uni qaynatib olish 10-15 daqiqa vaqtingizni oladi.
Sabzavotli tartaletkalar
Sabzavotlitartaletkalarni tayyorlash uchun, tayyor oshirma xamirdan foydalanamiz. Xohishga qarab ularni bir kecha oldin, yoki saharlikda issiqina pishirib olish ham mumkin.
Quymoqli salat
Sabzavotlar solib bezatilgan quymoqli pirogga kolbasa o’rniga go’shtni qaynatib soling va uni bir kecha oldin tayyorlasangiz, ertasi kuni to’yimli nonushta amringizga muntazir deyavering.
Cheburek
Qarsildoq, yupqa xamirdan pishirilgan chebureklar – ko’pchiligimizning jon-u dilimizdir. Uni bir kecha oldin tayyorlab qo’ysangiz ham bo’ladi.
Lavashdan tayyorlanilgan mazali pishiriq
Tayyor lavashdan tayyorlaniladigan pishiriqlar issiqligida juda ham mazali bo’lib, sizni qayta va qayta tayyorlashga undashi aniq.
Tvorog va ko’katlardan somsa
Ko’katlar va tvorog solib pishirilgan somsalar uchun ham tayyor qatlamali xamirdan foydalansangiz, anchagina ishingizni osonlashtirgan bo’lasiz.
Ramazonda bundanda ko’p retseptlarga ega bo’lish uchun bizning telegram kanalimizga a’zo bo’ling.