fbpx
Quymoqli salat

Quymoqli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bizning bugungi yangicha salatimiz ko’pchilikka yangilik bo’lishi aniq, chunki bugun yangicha quymoqli salat tayyorlaymiz.

Noodatiy bu mazali salatimiz bayram dasturxoningizni ham bezashiga shubha yoq’. Salat uchun quymoqlarni o’zingiz xohlaganingizcha tayyorlashingiz, yoki bizning retseptdan foydalanishingiz mumkin. Faqatgina shuni unutmangki, tayyorlaydigan quymoqlaringizga shakarni nomiga soling, shirin bo’lib qolmasin.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
12 dona quymoqlar
200 gramm pomidor
200 gramm bodring
150 gramm qattiq pishloq
150 gramm dudlangan go'sht
bezatish uchun ko'katlar
200 gramm mayonez
Qadam 1
Tugllandi

Avval quymoqlarni pishirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Pomidor, bodring va dudlangan go'shtni mayin somoncha shaklida to'g'rab olamiz.

Pishloqni qirg'ichning mayda tishchasidan chiqaramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Kattaroq likopcha olamiz va ustiga birinchi quymog'imizni qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Quymoqlarni har biriga mayonez surtamiz va navbat bilan to'g'ragan masalliqlarimizni terib chiqamiz. Masalan, avval go'sht, so'ng, bodring, pomidor va har birining ustidan pishloq ham sepamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Eng oxirgi qavatini esa ta'bga qarab bezatamiz, bizlar pishloq sepib, bodring bo'lakchalari bilan bezatdik. Bu yog'i esa xohishingizga havola!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 90 daqiqa
  • Serves 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
12 dona quymoqlar
200 gramm pomidor
200 gramm bodring
150 gramm qattiq pishloq
150 gramm dudlangan go'sht
bezatish uchun ko'katlar
200 gramm mayonez
oldingi
Ispancha tortil’ya (quymoq)
keyingi
Bodring va karamli salat

1 Sharhlar Hide Comments

Fikringiz