Mart: 2-hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatini oldindan tuzib qo’yish biz o’zbeklarga uncha xos bo’lmagan odat, lekin shunday qilishga odatlansangiz anchagina ishingizni yengillashtirgan bo’lasiz. Bir haftalik taomnomalarni ko’rib chiqasiz va o’zingizga kerakli masalliqlarni aniqlab olasiz. Bu sizga bozor-o’char qilishda tengsiz yordamchi bo’la oladi. Shunday ekan, haftalik taomnoma ro’yxatiga ko’z yugurtiramiz.
Dushanba
Dimlama va mazali salat
Bugun ko’pchilikning sevimli taomlaridan bo’lmish – dimlama taomini tayyorlang. Bu retseptimiz multivarkasi bor pazandalarimizni juda ham xursand qiladi. Agar sizda multivarka bo’lmasa, hech qisi yo’q, oddiy qozonda tayyorlasangiz ham bo’ladi.
Seshanba
Videoretsept: Tovuqli shnitsel va mujskoy kapriz salati
Tovuq go’shtidan har xil juda yengil va mazali taomlar pishirish mumkin. Shulardan biri tovuqli shnitsel taomi!
Chorshanba
Sabzavotli tovuq sho’rva
va pentuza salati
Sovuq qishda, issiqina ovqatlar, ayniqsa sho’rvalar kimga ham yoqmaydi deysiz. Bizning bugungi tovuqli sho’rva ham juda mazali, to’yimli, shu bilan birga vitaminlarga boy ovqat hisoblanadi. Pentuza salati bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biridir. Bu salatni bizning usulda tayyorlasangiz, haqiqiy koreyscha pentuzadan umuman farq qilmasligiga guvoh bo’lasiz.
Payshanba
Qo’ziqorin va pishloq qo’shilgan tovuqli taom
Tovuqli taomlarni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib retsept! Qo’ziqorin va pishloq qo’shib pishiriladigan mazali tovuqli taom. Bunday ajoyib uyg’unlikdagi taom, har bir oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Juma
Qaynatma sho’rva va qatlamali somsalar
Bizlarda hech qaysi hafta tobida qaynab pishgan qaynatma sho’rvalarsiz o’tmaydi, uyda pishirilgan somsalar bilan esa rohati jondir.
Shanba
Mol go’shtidan stir-fray taomi
Bu taom Stir-fray bo’lib, bu usulda taom dimlanmasdan balki, yuqori olovda ketma-ket qovurib olinadi. Sabzavotlar bunda o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotishmaydi.
Yakshanba
«Dangasa» tovuq oyoqchalari, tuxum va rediskali salat. Shokolad va yong’oqli o’rama pirog.
Pazandachilikda hech narsadan xabari yo’q, endi o’rganishni boshlayotganlar ham pishira oladigan oddiy va mazali retseptlarimizdan birini bugun sizlarga taklif qilamiz. Bu ovqatni yaxshiroq hazm qildirish uchun esa bizda maxsus salat ham bor. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.