Multivarkada dimlama pishirish

Multivarkada dimlama pishirish

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun ko’pchilikning sevimli taomlaridan bo’lmish – dimlama taomini tayyorladik. Bu retseptimiz multivarkasi bor pazandalarimizni juda ham xursand qiladi.

Chunki bugungi taomimizni multivarkada pishirishga qaror qildik. Sabzavotlarning sharbatiga to’yingan bu taom, biz o’ylaganimizdanda mazaliroq chiqdi. Siz ham tayyorlab ko’ring va baho bering.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm mol go'shti
2 ta piyoz
1-2 ta qizil sabzi
2 ta pomidor
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta qovoqcha
300 gramm bryussel karami
1 bosh sarimsoqpiyoz
1 bog' shivit
5-6 ta karam bargi
30 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Multivarkaga yog'ni solamiz va ustidan halqasimon to'g'ralgan piyozni yarmini terib chiqamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Go'shtni o'rtacha kattalikdagi bo'lakchalarga bo'lamiz piyoz ustidan terib chiqamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Go'shtni ustidan qolgan piyozni terib chiqamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Piyoz ustidan aylana shaklda to'g'ralgan sabzi bo'lakchalarini ham terib chiqamiz.

Qadam 5
Tugllandi

So'ng aylana shaklda to'g'ralgan bulg'or qalampiri va pomidorlarni terib chiqamiz.

Sarimsoqpiyozni ham butunligicha solamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Ustidan qovoqchani ham aylana shaklda kesib, terib chiqamiz.

Ustidan tuz va murch sepamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Ustidan bryussel karamini teramiz, to'g'ralgan ko'katlarni solamiz va ustini oddiy karam barglari bilan yopib chiqamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Multivarka qopqog'ini yopamiz.

Yoqamiz, avval "qovurish" tugmasini bosib, 40 daqiqaga qo'yamiz.

So'ng "dimlash" tugmasini bosamiz va 90 daqiqa davomida pishiramiz.

Taomimiz ham tayyor, suzishimiz mumkin. Issiqligida tanovvul qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 2.5 soat
  • Serves 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm mol go'shti
2 ta piyoz
1-2 ta qizil sabzi
2 ta pomidor
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta qovoqcha
300 gramm bryussel karami
1 bosh sarimsoqpiyoz
1 bog' shivit
5-6 ta karam bargi
30 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Milly kafesidan retsept: Osiyocha uslubda salat
keyingi
Shokoladli chizkeyk

Fikringiz