Yangi yil taomnomasi
Vaqtingizni tejashingiz uchun biz hozir sizlarga yangi yil stoliga tortiladigan bir necha retseplarlarni taqdim etmoqchimiz. Bayram taomnomasi qanday bo’lishi haqida gapirib beramiz va o’z takliflarimizni bildiramiz. Ular sizlarga albatta yoqadi degan umiddamiz.
Yangi yil dasturxoniga mos, ixchamgina taomnomani mo’ljallayapsizmi? Unda bizning retseptlarga nazar tashlang. Hozirda 10 xildan ortiq go’shtli ovqatlarni tayyorlash urfda emas.
Biz sizlar uchun uch xildagi taomnoma tuzib qo’ydik.
1- variant
Bu variantimiz go’shtli taomlarni xush ko’ruvchilar uchun mo’ljallamgan bo’lib, bayram dasturxoningizni o’rtasidan o’rin egallaydi.
Quyuq taom «Vellington»
Salatlardan
Qisqichbaqa tayoqchalaridan salat
Cho’pchalarda terilgan «seld balig’idan shuba»
Avokado va qizil ikradan muss
Shirinliklardan
Zanjabilli tort
2- variant
Qo’y to’shlaridan tayyorlaniladigan bu ovqatni bir martagina tayyorlang va mazali ovqatlar ro’yxatingizni kengaytiring
Quyida taklif etmoqchi bo’lgan salatlarimizni, gazaklarimizni ham tayyorlab ko’ring, albatta toqadi degan umiddamiz.
«Monomax qalpog’i» va shokoladli muss shirinligimizni bayramdan bir kun oldin tayyorlasangiz ham bo’ladi. Vaqt o’tgani sayin bu mazali shirinliklarimiz ta’miga ta’m qo’shiladi.
Quyuq taom
Xandon pista va ziravorlar bilan pishirilgan qo’y to’shlari
Salatlar
«Smak» salati
Qizil baliqdan brusketta
Shirinlik va pishiriqlar
Shokoladli muss
«Monomax qalpog’i» torti
3-variant
Bizning uchinchi variantimiz klassik uslubni sevuvchilar uchun mo’ljallangan. Gaz pechida qizartirib pishirilgan butun jo’ja, seld balig’idan shuba, go’shtli to’yimli salat – yangi yil dasturxonini bezatuvchi asosiy yeguliklardir.
Desert sifatida xurmodan tayyorlangan ajoyib tryufellar va «Krokembush» ko’rgazmali tortni tayyorlab ko’ring va bayram dasturxoningizga yangilik qo’shgan bo’lasiz.
Quyuq taom
40 ta sarimsoqpiyoz tishchalari bilan pishirilgan tovuq
Tunetsli salat
«Seld balig’idan shuba»verrinlari
Go’sht va olxo’ridan salat
Shirinliklar
Xurmoli tryufellar
«Krokembush»torti
Agar biron narsa tayyorlashga erinayoygan bo’lsangiz, qayerda nima ovqatlar buyurtma qilish mumkinligi to’g’risidagi maqolamizni ko’zdan kechiring, o’zingizga kerakli ma’lumotga ega bo’lasiz.
Tayyorgarlik bilan bir qatorda yaxshi kayfiyat va xursandchilikni esdan chiqarmang.
Yangi yilda eng ezgu tilaklarni tilab, barcha orzularingizga albatta yetishing.
Butun boshli Zira loyihasi jamoasi sizlarha 2018-yil baxt va omad olib kelishini tilaydi.
Kirib kelayotgan yangi yil bilan!