Qisqichbaqa tayoqchalaridan salat

Qisqichbaqa tayoqchalaridan salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qisqichbaqa tayoqchalaridan tayyorlaniladigan salat ham xuddi olivye salati kabi ommalashgan bo’lib, ko’pchilik tomonidan sevib iste’mol qilinadi. 

Bu salat juda xushta’m bo’lib, tez tayyorlanishi esa barcha bekajonlarimizni birdek quvontiradi.

Bu salat tarkibiga asosan: qisqichbaqa tayoqchalari, makkajo’xori, tuxum, mayonez qo’shiladi. Biz bularga yangilik kiritib, bodring qo’shib tayyorlashni ko’rsatib beramiz, u salatga o’zgacha ta’m beradi, ishonavering.

Masalliqlar:

3 ta tuxum
4 ta bodring
200 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
0.5 banka konservalangan makkajo'xori
150 gramm mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Tuxum qaynatiladi, sovutilib, to'rtburchak shaklda to'g'raladi.

Qadam 2
Tugllandi

Qisqichbaqa tayoqchalari bilan bodring ham to'rtburchak shaklda to'g'raladi.

Qadam 3
Tugllandi

Barchasi katta idishga solinib aralashtirib olinadi.

Dasturxonga tortishdan oldin makkajo'xori, mayonez, tuz va murch solib yaxshilab aralashtiriladi.

Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • 20 daqiqa
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 ta tuxum
4 ta bodring
200 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
0.5 banka konservalangan makkajo'xori
150 gramm mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Videoretsept: Shokoladli muss
keyingi
«Krokembush» torti

Fikringiz