Videoretsept: «sarimsoqpiyoz 40 ta tishchalari»dan pishirilgan tovuq
Masalliqlar:
-
1 ta tovuq
-
40 tishcha sarimsoqpiyoz
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
ta'bga ko'ra quritilgan qalampir (paprika)
-
0.5 piyola oq vino
-
3 osh qoshiq zaytun moyi
Yo’nalishlar
Murakkab tuyulgan narsalar aslida juda oddiy: quyidagi retsept asosida siz pishiradigan tovuq juda ham yumshoq, sersuv va dimog’ingizni qitiqlab yuboradigan darajada xushbo’y chiqadi. Buning sababi: sarimsoqpiyozning 40 ta tishchalari hisoblanadi.
Ishonavering, bu siz pishirgan eng mazali tovuq bo’ladi. Aytgancha, tovuq go’shtida sarimsoqpiyozning o’tkir hidi umuman bilinmaydi.
Masalliqlar:
1 ta tovuq | |
40 tishcha sarimsoqpiyoz | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra quritilgan qalampir (paprika) | |
0.5 piyola oq vino | |
3 osh qoshiq zaytun moyi |
Tovuq yuvilib quritiladi va yuqoridagi ziravorlar ustki tomoniga ham ichki tomoniga ham sepiladi.
Sarimsoqpiyoz tishchalarini tozalab olinadi.
Tovuq pishiriq idishiga qo'yiladi va ichiga sarimsoqpiyozning teng yarmi solib chiqiladi. Qolgan yarmi esa qolipga sepilib, ustidan oq vino quyiladi.
Tovuqning ustidan esa zaytun moyi quyiladi.
Tovuq usti zar qog'oz bilan yopiladi va 40 daqiqa davomida 200 C darajada qizdirilgan gaz pechida pishirib olinadi.
So'ng ustidagi zar qog'oz olinadi, tovuqdan ajralib chiqqan suvi ustidan quyib chiqiladi. Yana 20 daqiqacha zar qog'ozsiz pishirib olinadi.
Tayyor tovuq bo'laklarga bo'linadi.
Sarimsoqpiyozlar va tovuqdan ajralib chiqqan sharbat alohida idishchaga solinadi va sanchqi yordamida sarimsoqpiyoz eziladi.
So'ng uni tovuqqa qayla sifatida ham, alohida non bo'laklariga surtib ham dasturxonga tortsangiz bo'ladi.
Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 ta tovuq | |
40 tishcha sarimsoqpiyoz | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra quritilgan qalampir (paprika) | |
0.5 piyola oq vino | |
3 osh qoshiq zaytun moyi |