Avokado va qizil ikradan muss

Avokado va qizil ikradan muss

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yangi yil bayramida barchamiz yaqinlarimiz va oila a’zolarimizni noodatiy yeguliklar bilan lol qoldirishni istaymiz. Avokado va qizil ikradan tayyorlangan mayin muss bayram stolingizning haqiqiy ko’rkiga aylansa ajab emas. 

Bu gazakni tayyorlashning yana bir ijobiy tomoni, unga ko’pi bilan 10 daqiqa sarflashingizdadir. Biz bugun tayyorlaydigan mussni hajmi 60 ml li fujerga tortamiz, siz esa o’z xohishingizga qarab istagan idish tanlashingiz mumkin.

Hozirgi masalliqlardan 6 kishiga mo’ljallangan muss hosil bo’ladi.

Masalliqlar:

1 ta avokado
0.5 ta limon sharbati
100 gramm smetana
3-4 shoxcha shivit
ta'bga ko'ra tuz va murch
40 gramm qizil ikra
Qadam 1
Tugllandi

Avokado yuvilib, danaklaridan tozalaniladi.

Sanchqida eziladi va ustiga limon sharbati sepiladi.

Qadam 2
Tugllandi

Avokado blenderga solinadi, ustidan smetana quyiladi va to'g'ralgan ko'katlar solinadi.

Qadam 3
Tugllandi

Tuz va murchi rostlanadi va fujerlarga solinadi.

Ustiga qizil ikralar terib, dasturxonga tortiladi.

Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 ta avokado
0.5 ta limon sharbati
100 gramm smetana
3-4 shoxcha shivit
ta'bga ko'ra tuz va murch
40 gramm qizil ikra
oldingi
«Seld balig’idan shuba» verrinlari
keyingi
Asal-zanjabilli soyada pishirilgan tovuq qanotchalari

Fikringiz