fbpx
Zanjabilli tort

Zanjabilli tort

Masalliqlar:

  • Xamiriga

  • Kremiga

  • Shokoladli archalarga

Yo’nalishlar

Zanjabilli tort – nomlanishini o’ziyoq bizga bayramni eslatadi. Hech qaysi bayram, ayniqsa yangi yil bayram torti ishtirokisiz o’tmasligi aniq.

Bu tortni pishirish jarayonidagi dolchin va zanjabildan  taraladigan iforlar esa bayram kayfiyatini ko’tarishi aniq. Pishirig’imiz ustini shokoladli archalar bilan bezatishimiz esa yaqinlaringiz, ayniqsa bolajonlarni hayratda qoldirishi aniq!

Masalliqlar:

Xamiriga
270 gramm un
1 choy qoshiq maydalangan zanjabil
1 choy qoshiq dolchin
1 choy qoshiq qabartma
2 ta tuxum
100 gramm shakar
125 gramm sariyog'
100 gramm qaymoq
150 gramm sut
100 gramm asal
Kremiga
100 gramm sariyog'
300 gramm tvorogli pishloq
70 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
Shokoladli archalarga
90 gramm qora shokolad
6-8 dona nonli tayoqchalar " solomka"
ta'bga qarab sepish uchun bezaklar
Qadam 1
Tugllandi

Xamiriga

Un, zanjabil, dolchin va qabartma hammasi aralashtiriladi.

Qadam 2
Tugllandi

Tovaga sariyog', qaymoq va sut solinadi.
Sariyog' eriguncha barchasi gaz plitasi ustida qizdiriladi.

Qadam 3
Tugllandi

Tuxum va shakar alohida idishda yaxshilab ko'pirtiriladi.

Qadam 4
Tugllandi

Ikkita suyuq aralashmalar unli massaga solinadi.
So'ng asal solinadi.
Silliq holatga kirguncha yaxshilab aralashtiriladi.

Qadam 5
Tugllandi

Xamir ikkita teng qismga bo'linadi.
Ikkalasi ham oldindan tayyorlab qo'yilgan aylanasi 18 sm li qolipga solinadi.
Qoliplarga oldindan yog'langan qog'oz to'shaladi va chetlariga esa sariyog' surtiladi.

Qadam 6
Tugllandi

170 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishiriladi. Pishganligi esa gugurt cho'pi yordamida tekshiriladi.
Pishgan korjlar sovutiladi, oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab kamida bir soatga, iloji bo'lsa bir kechaga sovutgichga qo'yiladi.

Qadam 7
Tugllandi

Krem

Xona haroratidagi sariyog' 2-3 daqiqa davomida ko'pirtiriladi. So'ng shakar upasi solinadi.
Yorqin rangga kirguncha yaxshilab ko'pirtiriladi.

Qadam 8
Tugllandi

Ko'pirtirishda davom etib, ustidan tvorogli pishloq hamda vanil ekstrakti solinadi.
Krem bir xil silliq holatga keltiriladi.
So'ng sovutgichga yarim soatga qo'yiladi.

Qadam 9
Tugllandi

Shokoladli archalar

Patnisga yog'langan qog'oz to'shaladi.
Nonli tayoqchalar terib chiqiladi.

Qadam 10
Tugllandi

Shokolad suv bug'ida yoki mikroto'lqinli pechda 15 soniyada eritiladi.

Qadam 11
Tugllandi

Eritilgan shokolad salafan paketga solinadi va uchi kesilib, nonli tayoqchalar ustan archalar yasaladi.
Xohishga qarab, ustiga har xil pishiriq bezaklari sepish mumkin.
So'ng shokoladli archalar xona haroratida sovutiladi va kamida 2 soatga sovutgichga olib qo'yiladi.

Qadam 12
Tugllandi

Tortni yig'ish

Xamirning avval birinchi qavatiga, so'ng esa ikkinchi qavatiga krem surtilib chiqiladi.

Qadam 13
Tugllandi

Qolgan krem tortning ustiga va yonlariga teng taqsimda surtib chiqiladi. Pichoq yoki maxsus belcha yordamida tort usti tekislaniladi.
Tayyor tort shokoladli archalar bilan bezatiladi.

  • O’rtacha
  • 170 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga
270 gramm un
1 choy qoshiq maydalangan zanjabil
1 choy qoshiq dolchin
1 choy qoshiq qabartma
2 ta tuxum
100 gramm shakar
125 gramm sariyog'
100 gramm qaymoq
150 gramm sut
100 gramm asal
Kremiga
100 gramm sariyog'
300 gramm tvorogli pishloq
70 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
Shokoladli archalarga
90 gramm qora shokolad
6-8 dona nonli tayoqchalar " solomka"
ta'bga qarab sepish uchun bezaklar
oldingi
Cho’pchalarda terilgan “seld balig’idan shuba” gazagi
keyingi
Shokoladli yoriq pechenyelar

Fikringiz