“Krokembush” torti

“Krokembush” torti

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga

  • Krem - Patissiere ga

  • Karameliga

Yo’nalishlar

Profitrollardan tayyorlangan ajoyib va betakror fransuzcha tort. Odatda to’y marosimlarida pishiriladigan bu tortni oxirgi paytlarda yangi yil bayramida ham tayyorlash urfga aylanmoqda.

Uni tayyorlash unchalik qiyin emas. Profitrollarni tayyorlashni allaqachon bilasiz. Biz ularni qaynoq karamel yordamida konus shaklida teramiz xolos.

Konusni karton qog’ozdan yasash mumkin. Ustidan pergament qog’oz yelim skotch yordamida yopishtiriladi. Bizlar, uzunligi 15 sm, aylanasi ham 15 sm li, uncha katta bo’lmagan shakl yasadik.

Konus mustahkamroq turishi uchun tagidan biron bir idish qo’yiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga
125 millilitr suv
125 millilitr sut
100 gramm sariyog'
5 gramm tuz
5 gramm shakar
150 gramm un
4-5 ta tuxum
Krem - Patissiere ga
500 millilitr qaymoq
125 gramm shakar
5 ta tuxum sarig'i
20 gramm makkajo'xori kraxmali
150 gramm sariyog'
Karameliga
250 gramm shakar
Qadam 1
Tugllandi

Sirli idish yoki tovaga sut, suv, sariyog', tuz va shakar solib aralashtiriladi va qaynash darajasiga yetkaziladi.

Qadam 2
Tugllandi

Gaz plitasi ustidan olinadi va un solib silliq bo'lgunicha qoshiqda aralashtiriladi.

Yana gaz plitasi ustiga qo'yiladi va 2-3 daqiqa davomida qizdiriladi.
So'ng gazdan olinadi va biroz sovutiladi.

Qadam 3
Tugllandi

Alohida idishda tuxum ko'pirtiriladi va 2-3 qoshiqdan sutli aralashmaga solinadi.
Yaxshilab aralashtiriladi.
Tuxumni kamroq yoki ko'proq solish mumkin, bu xamirimiz holatiga bog'liq - qoshiqga solinganda osonlikcha oqib ketmasligi kerak.

Qadam 4
Tugllandi

Xamir pishiriq qopchasiga solinadi va 30 daqiqaga chetga olib qo'yiladi.
So'ng maxsus yog'langan qog'oz to'shalgan gaz pechi patnisiga xamirlar siqib chiqariladi (o'rtasida yetarlicha joy qoldiring).

Qadam 5
Tugllandi

190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqa davomida, so'ng olov 165 C darajaga pasaytirilib tayyor bo'lgunicha pishirib olinadi.
Pishgan profitrollar sovutiladi va usti qalpoqchaga o'xshatib kesib olinadi.

Qadam 6
Tugllandi

Tuxum sarig'i shakar va kraxmal bilan aralashtiriladi.

Qadam 7
Tugllandi

Qaymoq tovaga solinadi va qizdiriladi.

Qadam 8
Tugllandi

Qizdirilgan qaymoqning avval bir qismi tuxum sarig'i ustidan yupqa oqimda quyiladi va qoshiq bilan yaxshilab aralashtiriladi.

So'ng qolgan qismi ham quyiladi, yaxshilab aralashtirib yana gaz ustiga qo'yiladi. Yaxshilab aralashtirilib, quyuq bo'lgunicha kovlab turiladi.

Qadam 9
Tugllandi

So'ng gazdan olinadi, idishga solinadi va usti yelim qog'ozda yopib qo'yiladi. Eslatma: yelim qog'oz kremga tegib turishi kerak. Shu holatida sovutiladi.

Krem kamida ikki soatga sovutgichga olib qo'yiladi.

Qadam 10
Tugllandi

Sovigan kremga sariyog' solib ko'pirtiriladi.

Sariyog' va krem taxminan bir xil darajada bo'lishi juda muhim.

Qadam 11
Tugllandi

Tayyor krem pishiriq qopchasiga solinadi.

Profitrollar tagi bir oz teshilib, ichi krem bilan to'ldiriladi.

Qadam 12
Tugllandi

Karamel

Shakar tovaga solinadi va eritiladi. Undan sap sariq silliq suyuqlik hosil bo'lganda gaz ustidan olib qo'yamiz.

Qadam 13
Tugllandi

Tortni yig'ish

Endi profitrollar tagi karamelga botirib olinadi va tayyorlab qo'yilgan konus qolipga terib chiqiladi. Karamel yelim vazifasini bajaradi.

Ehtiyot bo'ling karamel juda qaynoq.

Qadam 14
Tugllandi

So'ng tort usti karamelli ipchalar bilan bezatiladi. Buning uchun karamelga sanchqi botiriladi, tepaga ko'tariladi va bunda uzun ipchalar hosil bo'ladi.

So'ng tezkorlik bilan bu ipchalar tortni ustiga qo'yib chiqiladi.

Qadam 15
Tugllandi

Tortni ustini bezash har kimning xohishiga havola. Buning uchun reza mevalardan, shokoladlardan yoki turli xil sepish uchun mo'ljallangan bezaklardan foydalansa bo'ladi.

Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga
125 millilitr suv
125 millilitr sut
100 gramm sariyog'
5 gramm tuz
5 gramm shakar
150 gramm un
4-5 ta tuxum
Krem - Patissiere ga
500 millilitr qaymoq
125 gramm shakar
5 ta tuxum sarig'i
20 gramm makkajo'xori kraxmali
150 gramm sariyog'
Karameliga
250 gramm shakar
oldingi
Qisqichbaqa tayoqchalaridan salat
keyingi
Tort “Monomax qalpog’i”

Fikringiz