Yanvar 3-hafta taomnomasi
Yangi hafta uchun taomnoma tuzish haqida bosh qotirishingizni keragi yo’q. Chunki biz siz uchun taomnomani allaqachon tayyor qilib qo’yganmiz. Marhamat!
Dushanba
Pomidorli qaylada pishirilgan pishloqli teftellar
Agar quyuq taom bilan barchani hayratga solmoqchi bo’lsangiz, unda sizga”Pomidorli qaylada pishirilgan pishloqli teftellar” yordam berishi aniq.
Seshanba
Mampar
Mampar — mazali va juda to’yimli suyuq taomlardan biri bo’lib, tayyorlash jarayoni ham umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.
Chorshanba
Go’sht va baqlajonli toblatma
Mana bunday oddiy, ammo ta’riflab bo’lmaydigan darajada mazali toblatmani bor-yo’g’i 45 daqiqa ichida tayyorlash mumkin.
Payshanba
Toshkentcha palov
Osh milliy taomlarimizning eng mazalisi va sevimlisi hisoblanib, hech qanday tadbir bu taomsiz o’tmaydi.Shuning uchun ham bu taomni tayyorlashni har bir bekajonlarimiz o’rganib olishsa aslo zarar qilmaydi.
Juma
Xantalli sous bilan tortiladigan qarsildoq tovuq
Qarsildoq bo’lib pishadigan tovuqli go’shtni bu safar o’zgacha sous bilan birga dasturxonga tortamiz.
Shanba
Kartoshkali krem-sho’rva
Kartoshka, qaymoq va pishloq bilan pishiriladigan mana bunday krem-sho’rva retsepti bilan tanishib oling. Bunday taom oila a’zolaringizning katta-yu kichigiga birdek yoqishi aniq.
Yakshanba
Tovuq go’shtidan qilingan lo’la kabob
Tovuq filesidan tayyorlangan xushbo’y va mazali lo’la kaboblar — juda oson tayyorlaniladigan taom bo’lib, hatto pazandachilikdan umuman xabari yo’q insonlar ham uni bemalol tayyorlay oladilar.