“Sarimsoqpiyozli tuguncha” bulochkalari

“Sarimsoqpiyozli tuguncha” bulochkalari

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Sarimsoq piyozli aralashmaga:

Yo’nalishlar

Yumshoq, nihoyatda xushbo’y va mazali bo’lmish sarimsoq piyozli bulochkalarni endilikda taomlar bilan birga tortishingiz mumkin.

Bunday bulochkalarni bemalol non o’rniga ham iste’mol qilish mumkin o’lib, ayniqsa suyuq taomlar bilan juda qo’l keladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 9 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
420 gramm un
7 gramm quruq xamirturush
2 osh qoshiq shakar
240 millilitr suv
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq tuz
Sarimsoq piyozli aralashmaga:
100 gramm sariyog'
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 osh qoshiq petrushka
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugllandi

Tog'orachaga un, xamirturush, shakar va tuzni solamiz. Aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Iliq suv va o'simlik yog'ini quyamiz. 8-10 daqiqa davomida xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamir ustini sochiq bilan yopib, 1 soat iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Oshgan xamirni bir mushtalb, so'ng 15 ta bir xil bo'laklarga bo'lamiz. Har biridan 15 sm kattalikdagi uzunchoq shakl yasab, so'ng tuguncha qilib chiqamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pech patnisiga hammasini terib chiqib, ustini yopamiz va yana iliq joyga 30 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Xamir yana ko'tarulguniga qadar sarimsoq piyozli aralashmani tayyorlab olamiz. Buning uchun tovaga 50 gramm sariyog'ni solib eritamiz. Ustidan sarimsoq piyozni to'g'rab solamiz va 1-2 daqiqa davomida qovurib olamiz. So'ng qolgan sariyog'ni ham solib eritamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Eng oxirida esa to'g'ralgan petrushka va tuzni solamiz. Aralashtirib, gazdan olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Sarimsoq piyozli yog'ni bulochkalar ustidan surtib chiqamiz. 180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 15 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng pechdan olib, qolgan yog'ni ham surtib chiqamiz va qizarguniga qadar, taxminan, yana 5 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Bulochkalarni issiqligida dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
420 gramm un
7 gramm quruq xamirturush
2 osh qoshiq shakar
240 millilitr suv
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq tuz
Sarimsoq piyozli aralashmaga:
100 gramm sariyog'
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 osh qoshiq petrushka
bir chimdim tuz
oldingi
Olmali mannik
keyingi
Parhezbop mevali pirog

Fikringiz