fbpx
Ideal darajali bezelar

Ideal darajali bezelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Beze — Fransiyada o’ylab topilgan bebaho shirinliklardan biridir. Ammo a’lo darajali beze tayyorlay olish uchun esa bir nechta qoidalarga amal qilish lozimdir.

Ana shunday sirlar bilan siz hozirgi retseptimizda tanishib olasiz.

Quyidagi masalliqlardan aylanasi 3 sm li ikki patnis bezelar hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 3 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

3 ta tuxum oqi
150 gramm shakar upasi
50 gramm shakar
Qadam 1
Tugallandi

Tuxum oqi sarig'idan ehtiyotkorlik bilan ajratiladi. Eslatib o'tamiz, tuxum sarig'i bir tomchi ham aralashib ketishi mumkin emas.

Shuningdek to'g'ri idish tanlash ham juda muhimdir. Bunda siz shisha yoki metall idishlardan foydalanishingiz lozim. Agarda siz plastik tog'orachalardan foydalanishni istasangiz, unda avval uni limon bo'lagi bilan ishqalab, yog'liligidan xalos qilishingiz lozim.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum oqi qo'lda yoki mikser yordamida o'rta darajada oq ko'pik hosil bo'lgunicha ko'pirtiriladi.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng ko'pirtirishda davom etib, oz-ozdan shakar upasi solinadi.

Shakarni ham oz-ozdan sepib, ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qattiq ko'pik hosil bo'lguncha yuqori bosimda ko'pirtiriladi.

Ko'pirtirilayotgan idishimiz to'ntarilib ko'riladi, ko'pirtma joyidan siljimasligi kerak.

Shakar oxirigacha erigandan so'ng esa, xohishga ko'ra ichiga yong'oq, kakao kukuni yoki har xil oziq-ovqat bo'yoqlari solsa ham bo'ladi.

Qadam 5
Tugallandi

Gaz pechi patnisiga maxsus pergament qog'oz to'shaladi va ustidan konditer qopchasi yoki qoshiq yordamida bezelar terib chiqiladi.

Qadam 6
Tugallandi

Bezelar qizdirilgan gaz pechida 100 C haroratda katta-kichikligiga qarab taxminan 1-2 soat davomida pishiriladi.
Ular tashqi tomindan ham, ichki tomonidan ham yaxshilab qurigan bo'lishi shart.

Mana bezelarimiz ham tayyor. Yoqimli ishtaha!

Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 ta tuxum oqi
150 gramm shakar upasi
50 gramm shakar
oldingi
Qulupnay-yalpizli limonad
keyingi
Rangdor gulmohi balig’idan steyk

Fikringizni qo'shing

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.