Go’sht va baqlajonli toblatma

Go’sht va baqlajonli toblatma

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mana bunday oddiy, ammo ta’riflab bo’lmaydigan darajada mazali toblatmani bor-yo’g’i 45 daqiqa ichida tayyorlash mumkin.

Baqlajonlar bilan pechda pishirilgan qiyma har doim ham o’zining ajoyib ta’mi bilan sizni va yaqinlaringizni xursand qiladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 47 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
2 dona baqlajon
150 gramm piyoz
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
600-700 gramm mol go'shtidan qiyma
1 dona tuxum
50 gramm maydalangan yong'oq
200 millilitr kefir yoki shakarsiz yogurt
ustiga sepish uchun ko'katlar
0.5 choy qoshiq oregano
ta'bga qarab tuz va murch
100 gramm pishloq
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Baqlajonlarni 0.5 sm qalinlikda parrak qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Ularni yog quyilgan tovada ikki tomonini qizartirib qovurib olamiz. Taxminan 2 daqiqadan. Bunda agar bo'lsa, grill tovadan foydalaning.

Qadam 3
Tugllandi

Piyozni mayda to'g'rab, uni ham yumshaguniga qadar, taxminan 5 daqiqa davomida qovuib olamiz.

Maydalangan sarimsoq va oreganoni solib, aralashtiramiz va birgalikda bir daqiqacha qovuramiz.

So'ng qiymani solib, yaxshilab aralashtiramiz va go'sht pushti rangini yo'qotguniga qadar, taxminan 10 daqiqa davomida qovuramiz. Tuz va murch sepib, gazni o'chiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Qiymaning yarmini qolipga solamiz, ustidan yong'oqni sepamiz va baqlajonlarning yarmini ustidan sepamiz. Shu jarayonni yana bir marotaba takrorlaymiz.

Qadam 5
Tugllandi

Alohida idishga kefir yoki shakarsiz yogurt, tuxum va tuz solib aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Aralashmani baqlajonlarning ustidan quyamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Taomni pechga yuborib, 200 C darajada qizigan pechda 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishishiga 5 daqiqa qolganda pishloq sepamiz.

Pishgan taom ustidan to'g'ralgan ko'katlar sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 60 daqiqa
  • Serves 8
  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
2 dona baqlajon
150 gramm piyoz
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
600-700 gramm mol go'shtidan qiyma
1 dona tuxum
50 gramm maydalangan yong'oq
200 millilitr kefir yoki shakarsiz yogurt
ustiga sepish uchun ko'katlar
0.5 choy qoshiq oregano
ta'bga qarab tuz va murch
100 gramm pishloq
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Qaynatib pishirilgan krem(zavarnoy)
keyingi
Sitrusli limonad

Fikringiz