fbpx
Videoretsept: Turkcha oshirma xamirli plyushkalar

Videoretsept: Turkcha oshirma xamirli plyushkalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mana bunday ajoyib ta’mli bulochkalarni nonushtaga tayyorlash, birga o’qish yoki ishga olib borish ham mumkin bo’lib, pishirish jarayoni ham umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Faqat xamir bo’laklariga sariyog’ni ayamasdan, ko’proq surtish tavsiya etiladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

400-450 gramm un
180 millilitr sut
6 gramm quruq xamirturush
1 ta tuxum
80 millilitr o'simlik yog'i
3 osh qoshiq shakar
1.5 choy qoshiq tuz
50 gramm yumshatilgan sariyog'
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
ustiga sepish uchun shakar
Qadam 1
Tugllandi

Oparasini tayyorlab olamiz. 50 millilitr sutga 1 osh qoshiq shakar va xamirturushni solamiz. Aralashtirib, ko'pirib chiqishi uhcun 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Unni elab olamiz va ustidan qolgan sut, shakar, tuz, yog' va oparani solamiz. Yumshoq xamir qorib olamiz va ustini yopib, 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Oshgan xamirni mushtlab olamiz va 10-12 ta bo'lakka bo'lib chiqamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamir bo'laklarini 3 mm qalinlikda, ovalsimon shaklda yoyib chiqamiz. Tepa va pastidan 0.5 sm joy qoldirib, uzunasiga bir nechta tilimlarga bo'lib chiqamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Silikon cho'tka yordamida xamirga yuyumshoq sariyog'dan ko'proq surtib chiqamiz. Xamirlarni diogonal yo'nalishda ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz. So'ng esa spiralsimon qilib buklaymiz.

Qadam 6
Tugllandi

Bulochkalarni 10 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Bulochkalarga sut va tuxum sarig'i aralashmasidan surtamiz va 180 C darajada qizigan pechda 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400-450 gramm un
180 millilitr sut
6 gramm quruq xamirturush
1 ta tuxum
80 millilitr o'simlik yog'i
3 osh qoshiq shakar
1.5 choy qoshiq tuz
50 gramm yumshatilgan sariyog'
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
ustiga sepish uchun shakar
oldingi
Bodom solib pishirilgan olmali pirog
keyingi
Batafsil fotoretsept: Olma va dolchin bilan pishirilgan tvorogli pirojkalar

Fikringiz