Oktabr: 4- hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatimizning afzalligi shundaki, bitta manbaning ichidan siz bir haftalik taomnomalar, salatlar va shirinliklar bilan tanishishingiz mumkin.
Dushanba
Hashlama, nemischa salat, qahva va asalli keks
Hashlama bu qo’y go’shtidan tayyorlaniladigan mazali va to’yimli taom bo’lib, u hil-hil bo’lib pishadi. Unga qo’shimcha sifatida tayyorlanilgan nemischa ajoyib salat esa bu taom bilan ayni muddao bo’ladi.
Seshanba
Videoretsept: Tovuqli shnitsel, piyozli qatlama va mujskoy kapriz salati
Tovuq go’shtidan har xil juda yengil va mazali taomlar pishirish mumkin. Shulardan biri tovuqli shnitsel taomi!
Chorshanba
Sabzavotli tovuq sho’rva, pentuza salati va tvorogli bulochkalar
Sovuq qishda, issiqina ovqatlar, ayniqsa sho’rvalar kimga ham yoqmaydi deysiz. Bizning bugungi tovuqli sho’rva ham juda mazali, to’yimli, shu bilan birga vitaminlarga boy ovqat hisoblanadi. Pentuza salati bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biridir. Bu salatni bizning usulda tayyorlasangiz, haqiqiy koreyscha pentuzadan umuman farq qilmasligiga guvoh bo’lasiz.
Payshanba
Qiymali ratatuy va grekcha salat
Hozir sabzavotlardan to’yib oziqlanishning ayni fursati bo’lib, bugun ulardan fransuz oshxonasiga mansub taom bo’lmish, ratatuy tayyorlaymiz.
Juma
Qo’ziqorin va pishloq qo’shilgan tovuqli taom, tvorogli somsalar
Tovuqli taomlarni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib retsept! Qo’ziqorin va pishloq qo’shib pishiriladigan mazali tovuqli taom. Bunday ajoyib uyg’unlikdagi taom, har bir oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Shanba
Chuchvara va fransuzcha salat
Chuchvara bizlarning sevimli milliy taomlarimizdan biri bo’lib, uni tayyorlash biroz vaqt talab qilishi mumkindir. Ammo uyda tayyorlanilgan chuchvaraga do’konlardagi tayyor mahsulotlarning hech biri teng kela olmaydi.
Yakshanba
Pomidorli qaylada pishirilgan frikalaedkalar, qovurilgan qovoqchalar va mazali keks
Bu tayyorlaydigan taomimiz italyan oshxonasiga mansub bo’lib, frikadelkalarga parmezan pishlog’i solinadi va pomidorli qayla bilan birga tortiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.