May: 1-hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatimizning sizlarga foydasi tegsa, bundan juda ham quvonamiz!
Dushanba
Pastitsio – grekcha toblatma, «Olivye» salati
Makaron, qiyma va pishloq qo’shib tayyorlaniladigan toblatma, juda to’yimli bo’lib, yaqinlaringizni xursand qilish uchun albatta undan tayyorlab ko’ring.
Seshanba
Shovul sho’rva, karam va kolbasadan tayyorlanilgan pirog
Shovuldan pishirilgan mazali va birozgina nordon sho’rva (щи) ko’pchilikning sevimli taomi desak adashmaymiz. Bunday sho’rva organizmni kerakli vitaminlar bilan to’yintiradi. Bu taomni tayyorlash juda oson bo’lib, sizdan unchalik ko’p bo’lmagan masalliqlarni talab qiladi.
Chorshanba
Kartoshka va zaytun mevalari qo’shib pishirilgan tovuq, Kartoshka va rediskali salat
Mazali taom iste’mol qilishni xohlab, ammo tayyorlashga ko’p vaqtimiz bo’lmasa yoki erinayotgan bo’lsak, unda oson tayyorlaniladigan bugungi taomimiz qo’llab yuboradi. Bunda asosiy taom ham, unga qo’shimcha gazak ham birgalikda bitta qolipda pishiriladi.
Payshanba
Samarqandcha palov, tuxum va rediskali salat
Samarqandcha palovni xush ko’rmaydiganlar oramizda topilmasa kerak. Bunday oshdan tayyorlamaganlar orangizda bo’lsa, unda hozir ayni payti, chunki bugun payshanba, ko’pchilik osh pishiradigan kun. Palovning turli xillarini pishirib ko’ring va bahp bering.
Juma
Qaynatma sho’rva va qatlamali somsalar
Bizlarda hech qaysi hafta tobida qaynab pishgan qaynatma sho’rvalarsiz o’tmaydi, uyda pishirilgan somsalar bilan esa rohati jondir.
Shanba
Kotletlar, bodring va karamli salat
Mol go’shtidan tayyorlanilgan kotletlar, ko’pchilikning sevimli taomi sanaladi. Kotletlarni tayyorlash unchalik ham qiyin emas, faqatgina qiyma, bir-necha sabzavotlar va eng asosiysi mehr bilan pishirish!
Yakshanba
Do’lma, Maroqandcha kartoshkali salat, Malinali maffinlar
Do’lma – bu ko’pchiligimizning sevimli taomlarimizdan biri bo’lib, hozir yosh tok barglaridan uni tayyorlashning ayni fursatidir.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.