Oktabr: 1-hafta taomnomasi
Assalomu aleykum, aziz pazandalarimiz! Mana bir pastda kuzning ikkinchi oyi ham boshlanay deb qoldi. Bu oyda tayyorlash mumkin bo’lgan eng foydali va mazali taomlar royxati bilan tanishib oling.
Hafta taomnomalari ro’yxatini tuzish ko’pgina muoammolarga yechim bo’la oladi: oila a’zolari bir xillikdan qutuladi va bir haftalik bozor ro’yxati qo’lingiz ostida shay bo’lib turadi.
Dushanba
Bulg’or qalampiridan tayyorlangan tovuqli kotletlar va «Olivye» salati
Bunday usulda pishirilgan kotletlar juda mayin chiqadi. Ularni ajoyib kartoshkalar bilan dasturxonga tortsangiz oila a’zolaringizni lol qoldirishingiz aniq.
Seshanba
Shovul sho’rva, karam va kolbasadan tayyorlanilgan pirog
Shovuldan pishirilgan mazali va birozgina nordon sho’rva (щи) ko’pchilikning sevimli taomi desak adashmaymiz. Bunday sho’rva organizmni kerakli vitaminlar bilan to’yintiradi. Bu taomni tayyorlash juda oson bo’lib, sizdan unchalik ko’p bo’lmagan masalliqlarni talab qiladi.
Chorshanba
Kartoshka va zaytun mevalari qo’shib pishirilgan tovuq, kartoshka va rediskali salat
Mazali taom iste’mol qilishni xohlab, ammo tayyorlashga ko’p vaqtimiz bo’lmasa yoki erinayotgan bo’lsak, unda oson tayyorlaniladigan bugungi taomimiz qo’llab yuboradi. Bunda asosiy taom ham, unga qo’shimcha gazak ham birgalikda bitta qolipda pishiriladi.
Payshanba
Samarqandcha palov, tuxum va rediskali salat
Samarqandcha palovni xush ko’rmaydiganlar oramizda topilmasa kerak. Bunday oshdan tayyorlamaganlar orangizda bo’lsa, unda hozir ayni payti, chunki bugun payshanba, ko’pchilik osh pishiradigan kun. Palovning turli xillarini pishirib ko’ring va bahp bering.
Juma
Tovuq go’shtidan ajoyib taom, fransuzcha salat
Tovuqning to’shidan yumshoq va mazali taom tayyorlashni istaysizmi? Tovuq, pishloq va pomidorlar – bu masalliqlar xuddi bir-biri uchun yaratilgandek go’yo. Bu taom chiroyli ko’rinishga ega bo’lgani uchun ham uni bayram dasturxoningizda ham tayyorlasangiz bo’ladi.
Shanba
Befstroganov taomi, qadimiy usulda pishirilgan kartoshka
Befstroganov taomi va qadimiy usulda pishirilgan kartoshka
Bu ikki xil taom bir birini juda to’ldiradi. Pishirib ko’ring, yumshoqqina go’sht va qarsildoq kartoshkaning uyg’unligiga baho bering!
Yakshanba
O’rama xonim, tovuq va qovoqchadan salat
Yupqa xamir va ichi to’la asosli o’rama xonimlardan yakshanba kuni tayyorlang va butun oila a’zolaringizni mamnun eting!