Sentabr: 2-hafta taomnomasi
Bugun nima tayyorlasam ekan deb har kuni o’ylamaslik uchun bizning 1 haftalik taomlar ro’yxatimizni ko’rishingiznimaslahat beramiz.
Taomnomada barcha taomlar aniq va oson tartibda joylashgan. Kiring, ko’ring va ilhomlaning!
Dushanba
Pomidorli qaylada pishirilgan teftellar
Pomidorli qaylada pishirilgan teftellar bu ko’pchilik sevib iste’mol qiladigan taomlardan biridir. Shuningdek, uning tayyorlash jarayoni juda ham oson bo’lib, bunda hech qanday qiyinchilikka uchramaysiz.
Qisqichbaqa tayoqchalaridan salat
Seshanba
Xamir bo’lakchalari solib pishirilgan tovuq sho’rva
Sizlarga mazali va to’yimli, yumshoqqina xamirlardan solib pishiriladigan tovuq sho’rva retseptini taqdim etamiz.
Pomidor va baqlajonli iliq salat
Chorshanba
Tovuqdan tayyorlangan paprikash
Bu tez tayyorlash mumkin bo’lgan taom bo’lib, retseptlarga to’liq amal qilinsa va yangi mahsulotlardan foydalanilsa, natijasi sizni har doim quvontiradi.
«Qurtova» salati
Payshanba
Mol go’shti solib pishirilgan shovul sho’rva
Shovul solib pishiriladigan sho’rva o’zining mayon va nordongina ta’mi bilan ko’pchilikka yoqadi.Uni tayyorlash oson bo’lib, faqat bir necha qoidalarga amal qilish talab etiladi.
Tvorogli bulochkalar
Juma
«Dangasa» do’lmalar
Do’lma tugishni xush ko’rmaydiganlar yoki erinadigan ayollarimiz uchun juda ajoyib do’lma retsepti!
Suzma va bodringdan salat
Shanba
Pitsa
Pitsa — italyancha taomlarning ichida eng sevimli va ommalashganlaridan biri bo’lib, butun dunyoda sevib iste’mol qilinadi.
Videoretsept: pentuza salati
Yakshanba
Zar qog’ozda pishirilgan italyancha tovuqli taom
Zar qog’ozda pishiriladigan bu tovuq va sabzavotli taomning oson tayyorlanilishi, mazasi va kaloriyasining kamligi sabab ham, bolalar ham, parhez tutuvchi insonlar ham bemalol iste’mol qilishlari mumkin.